13 iyun kuni AOKAda transport vaziri Ilhom Mahkamov va YHXB xodimlari iştirokida jurnalistlar bilan yopiq uçraşuv bölib ötdi. Unda kuni keça katta muhokamalarga sabab bölgan avtomobilning “propiska”siga qarab taksiçilik qiliş masalasiga izoh berildi.
Vazirga köra, yönalişsiz taksi xizmatlarini körsatiş uçun fuqarolarning doimiy yaşaş joyi yoki maşinaning davlat raqamidagi hududiy kodga qaralmaydi. Odamlar istalgan hududida taksiçilik qiliş uçun litsenziya olişi mumkin.
Vazirning tuşuntirişiça, yangi tartib taksi haydovçilari faqat özlari tanlagan va litsenziya varaqasida körsatilgan hududda işlay olişini nazarda tutadi. Bunda, fuqaro litsenziya oliş paytida qayerda taksiçilik qilişni özi tanlaydi va u tanlagan hudud litsenziyada körsatiladi. Lisenziyada körsatilgan hududdan taşqarida taksiçilik qilişga esa ruxsat berilmaydi.
Rasmiylarga köra, hujjatning amaliyotda notöğri talqin qilinayotgani böyiça mas’ullarga, jumladan aholidan litsenziya uçun arizalarni qabul qiluvçi davlat xizmatlari sohasi vakillariga vaziyatni tuzatiş uçun tegişli körsatma berilgan. Uçraşuvda yangi tartib mediamakonda notöğri talqin qilingani uçun mas’uliyat Transport vazirligi matbuot xizmati zimmasida ekani, ular öz vaqtida tuşuntirib bera olmagani aytildi.
Ammo berilgan bu tuşuntirişlar – e’tirozlarga sabab bölayotgan hukumat qarori bilan farq qilmoqda.
Xususan, qaror bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandida şunday deyiladi: “Haydovçi faoliyatini litsenziya varaqasida körsatilgan hududda va unga tutaş hududda amalga oşirişi mumkin. Bunda litsenziya varaqasida körsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib çiqib aniqlanadi”.
Ya’ni hujjatda litsenziyaga talabgor şaxsning hududni ixtiyoriy tanlaş huquqi nazarda tutilmagan.
Şunday ekan, vazirning yopiq yiğilişda bergan izohini jamoatçilikni tinçlantiriş uçun öylab topilgan desa xato bölmaydi. Masalani uzil-kesil hal qiliş uçun 14-bandni vazir ta’riflaganidek özgartiriş zarur böladi. Lekin uçraşuvda bu haqda gap bölmadi.
















