Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimov Özbekistonda sodir bölayotgan YTHlar bilan boğliq raqamlar aksar hollarda yopiq qolayotgani haqidagi savolga javoban raqamlarni «kerakli vaqtlarda» hisobot majlislarida e’lon qilib borayotganini aytdi. «Bolalar ölimi — bizning eng oğriqli joyimiz. Har bitta mana şunday yöl-transport hodisasini eşitsak, özimizni qöyarga joy topa olmaymiz», dedi YHXX boşliği.
13 iyun kuni Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari uçun press-tur taşkil etilib, matbuot anjumani ötkazildi. Tadbirda Özbekistonda sodir bölayotgan YTHlar, ayniqsa, bolalar böyiça YTHlar raqamlari aksar hollarda yopiq qolayotgani kötarildi. YHXX boşliği Şerzod Ibragimov bunga javoban idora bunday raqamlarni «kerakli vaqtlarda» hisobot majlislarida e’lon qilib borayotganini aytdi.
«Statistik ma’lumotlar özingiz nomi bilan aytib turibsiz, statistika böyiça şuğullanadigan taşkilotlarda böladi. Aynan bizda yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq masalalar haqida kerakli vaqtlarda, Oliy Majlisda böladigan hisobotlarimizda yoki qaysidir hisobot beriş şaklidagi yiğilişlarimizda aytyapmiz, foizlarda körsatyapmiz. Bu böyiça bugungi kunda heç bir masala körayotganimiz yöq. Juda köp OAVlar: Kun.uz, Gazeta.uz yoki Qalampir.uz vakillari bilan bevosita yoki bilvosita iş taşkillaştirilgan. Ular bizga xatlar bilan çiqyapti statistikadan foydalaniş yoki boşqa masalalarda. Dialog qöyilgan, örtada hamkorlik bor va bu böyiça heç qanday masala yöq», - deydi YHXX boşliği.
Şerzod Ibragimov statistik raqamlarni muntazam e’lon qilib borişni yölga qöyiş haqidagi jurnalistlar savoliga javoban «biz bilan boğliq va e’lon qilinişi lozim bölgan statistika belgilangan tartibda e’lon qilinayotgani»ni ta’kidladi.
Şuningdek, matbuot anjumanida YHXX rahbaridan bolalar ölimi bilan boğliq YTH videolari tez-tez tarqalayotgan bölsa-da, bunday holatlar yuzasidan ham statistika oçiqlanmayotgani sababi söraldi.
«Bolalar ölimi — eng oğriqli joyimiz desak ham böladi. Har bitta mana şunday yöl-transport hodisasini eşitsak, özimizni qöyarga joy topa olmaymiz. Bu böyiça alohida xonalar, alohida yöl xaritalari belgilab berilgan. Bolalar ölimiga sabab bölişi mumkin bölgan barça omillar tahlil qilib çiqilgan. Bu öşa maktablar oldi, maktabdan çiqib farzandlarimiz toki uyigaça boradigan marşrutlarning barçasi tahlil qilib çiqilgan. Kuni keça bolalar ombudsmani vakillari bilan ham uçraşuv ötkazdik. Bu böyiça mavjud muammolar va bartaraf qilinişi kerak bölgan işlarni gaplaşib oldik»,
















