Hafta boşidan Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kuçayadi, deya xabar bermoqda «Özgidromet».

16–17 iyunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 iyunda Özbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40…+42 darajagaça, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +43…+44 darajagaça kötariladi.

Keçalari ham havo dim böladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat bir muddat +24…+27 darajagaça tuşadi.

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja, janubda +39…+41 daraja atrofida böladi. Şu kunlarda Özbekiston böyiça asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

Respublika böyiça şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda. 16–18 iyun kunlari şimolda va çöl hududlarda, 19–21 iyunda respublikaning köpçilik viloyatlarida ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.

Toğli hududlarda 20 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat duşanba kunduzi +36…+38 daraja, 17–19 iyunda +38…+41 darajagaça, 20 iyunda +35…+37 daraja böladi.