Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toşkent şahrida rejalaştirilgan quriliş va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.
13 may kuni şu masala böyiça ötkazilgan yiğilişda davlat rahbari qurilişda sifat va xavfsizlik birinçi örinda ekanini ta’kidlab, bu yönalişlarni ilmiy rivojlantiriş, sohaga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş böyiça körsatmalar bergandi.
Bugungi taqdimotda şu borada bajarilgan işlar haqida axborot berildi. Topşiriqqa binoan, yangi loyihalaştirilayotgan köp qavatli binolarning xavfsizlik talablariga mosligi qayta örganib çiqilgan. «ÖzGAŞKLITI», Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, sanitariya-epidemiologiya kabi 10 ga yaqin taşkilotning ilmiy-texnik xulosalari olingan. Ta’kidlanişiça, yangi talabga köra, köp qavatli binolarning zilzilaga bardoşliligi 9 balldan kam bölmaydi. Har bir şunday loyiha böyiça yiğma xulosa qilinadi.
Osmonöpar inşootlar, yangi majmualar köpaygani sari ularga barqaror elektr energiyasi ham zarur. Şu bois Çilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilişi rejalaştirilgan. Bu orqali şu hududdagi bölajak loyihalar uçun qöşimça quvvat paydo böladi, hozirgi tarmoqlarga yuklama tuşmaydi.

Şuningdek, uşbu tumanda 20 ming metr kub siğimga ega suv rezervuari barpo etilişi möljallangan. Natijada Şayxontoxur, Çilonzor va Uçtepa tumanlarida içimlik suvi ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt soat elektr tejaladi.
Toşkent şahri köplab işbilarmonlik tadbirlari, forum va körgazmalarga mezbonlik qilmoqda. Şunday joylardan biri Central Asian Expo Uzbekistan – CAEx majmuasi. Xalqaro anjumanlar doirasida turli uçraşuvlar ham ötkazilişini inobatga olib, bu yerda muzokara zallari qurilişi közda tutilgan.
Metropolitenni Toşkent traktor zavodi dahasigaça olib boriş rejalaştirilgan. Buni 2 bosqiçda amalga oşiriş nazarda tutilmoqda. Birinçi bosqiçda Çilonzor yölining Puşkin bekatidan Toşkent halqa yöligaça yer yuzasi böylab metro yöli quriladi. Ikkinçi bosqiçda u yerdan Toşkent traktor zavodi dahasining şoh bekatigaça yerosti yöli barpo etiladi.
Şuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratiş maqsadida mazkur temir yölni Toşkent halqa yöli ostidan ötkaziş nazarda tutilmoqda. Yerosti yönalişi ham köçadagi harakatni töxtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yöli 85 ming yölovçini qamrab olişi kutilmoqda.













