Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni «Toşkent-Şarqiy» aeroporti qurilişini közdan keçirdi.
«Mamlakatning barqaror rivojlanişi va uning xalqaro jozibadorligi oşişi bilan taşqi iqtisodiy aloqalar faollaşib, investitsiyalar oqimi köpaymoqda. Bunday şaroitda Özbekistonda transport infratuzilmasining barça yönalişlarini modernizatsiya qilişga ösişning asosiy omili sifatida ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Ana şunday strategik loyihalardan biri "Toşkent-Şarqiy" aeroportini rekonstruksiya qilişdir. U yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tez, xavfsiz va qulay qatnovlarni ta’minlaş, şuningdek, poytaxtning asosiy xalqaro aeroportiga yuklamani yengillaştirişga möljallangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bu yerda 4 kilometr uzunlikdagi uçiş-qöniş yölagi yangilanib, aeroport eng oğir samolyotlarni ham qabul qiliş quvvatiga ega bölgan.
Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uçun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Aeroport noqulay ob-havo şaroitlarida ham uçiş-qönişni ta’minlovçi ICAO III-A toifasidagi ilğor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanişi uçun zamonaviy şaroitlar ta’minlanadi.

Yangi aeroport qulay joylaşuvi tufayli poytaxt va Yangi Toşkent şahri uçun muhim transport habiga aylanadi, şuningdek, Toşkent viloyatida turizmni rivojlantiriş uçun qöşimça rağbat bölib xizmat qiladi. Eng muhimi, xalqaro taşriflar va işbilarmonlik safarlarini amalga oşiriş imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlarni qabul qiliş uçun şaroitlar yaxşilanadi. Natijada iqtisodiy faollik oşadi, xizmat körsatiş sohasi rivojlanadi, yangi iş örinlari yaratiladi, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada oşadi.
Davlatimiz rahbari loyihaning texnik xususiyatlari, terminallarning arxitekturaviy yeçimi bilan tanişib, quriliş işlarini jadallaştiriş, servis darajasini oşiriş böyiça aniq topşiriqlar berdi.



















