Isroilning Eronga tajovuzi – xalqaro huquqning yuziga tortilgan yana bir tarsaki. Xalqaro huquqning yemirilişi esa Markaziy Osiyo manfaatlariga mutlaqo zid. Yuridik nuqtayi nazardan taşqari, mintaqamizning Isroil–Eron uruşiga munosabatini şakllantiruvçi geosiyosiy, tarixiy, etnik va diniy omillar ham mavjud.

Bugun dunyo afkor ommasi diqqat markazidagi asosiy mavzu – Isroil–Eron uruşi. Bu ziddiyat allaqaçon uruş darajasiga kötarilib ulgurdi. Isroil kutilmaganda Eron hududiga hujum qilib, oddiy odamlar bilan birga davlat mulozimlari va harbiylarni öldirdi. Javoban, Eron ham Isroilga kuçli raketa hujumlarini amalga oşirdi. Natijada Isroilning köp maqtalgan “Temir gumbaz” mudofaa tizimi ham ideal emasligi ma’lum böldi. Eron raketalari bu tizimni yorib kirdi va katta talafotlar yetkazdi.

Xöş, Isroil–Eron uruşining Özbekiston, Markaziy Osiyo manfaatlari nuqtayi nazaridan qanday geosiyosiy va strategik ölçamlari bor? Mintaqa davlatlari, garçi diplomatik darajada neytral bölişga harakat qilayotgan bölsa-da, strategik milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan ma’nan kim tarafda yoki kim ğolib bölgani ma’qul?

Rossiya-Ukraina uruşi. Mana uç yildan oşdiki, Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi va haliga qadar holsizlantiruvçi uruş ketmoqda. Bu uruşda Eron töliq Rossiya tarafida, rasmiy Moskvaga dronlar yetkazib bermoqda. Şu fonda savol paydo böladi: Eronning maqsadi nima?

Bu örinda ikkita yirik motiv kuzatiladi. Dunyoning aksariyat davlatlari Rossiya-Ukraina uruşini “ğarb-Rossiya proksi uruşi” sifatida köradi. Ukrainani esa “ğarbning proksisi” sifatida baholaydi. Biroq, keçagi SSSR örnida paydo bölgan yangi mustaqil davlatlar, jumladan, Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari bu uruşni boşqa fokusda köradi. Yaqin masofadan qaraganimizda, Rossiya özining imperialistik loyihasini tiklaş yölida uruşmoqda. Agar Ukraina bu uruşda yengilsa – Rossiya tinçlanmaydi, aksinça, imperialistik iştahasi oşadi, Markaziy Osiyoga bosimlar oşsa oşadi, tuşmaydi.

Xöş, Rossiya-Ukraina uruşida Eronning Moskvani qöllaşdan maqsadi nima? Nahotki Eron Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy va geosiyosiy mustaqilligidan norozi bölsa, ularni Moskvaga böysundirişdan manfaatdor bölsa? Yöq, Eronning motivi – Rossiyani qöllab, NATOni çekintiriş, AQŞ va kollektiv ğarbning ğalaba qilişiga imkon bermaslik... Biroq, Eronning nuqsoni şundaki, Ukrainaning yutqazişi – Markaziy Osiyo davlatlari uçun ham salbiy oqibatlar olib keladi. Biroq, Eronning Özbekiston, Tojikiston va boşqa mustaqil davlatlar mustaqilligiga qarşi e’tirozi yöq aslida.