16 iyun kungi yiğilişda Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri va viloyat markazlarida birorta hokim böş joylarni topib, yaşil hudud, odamlar toza havoga çiqib ötiradigan joylar, sport maydonçalari, fontanlarni köpaytirişni öylamayotganini tanqid qildi.
Bor sport maydonçalari va bolalar öyingohlari, uylar orasidagi yaşil hududlar quriliş uçun berib yuborilayotganidan odamlar norozi ekani ta’kidlandi.
Misol uçun, barça köp qavatli uylarga tutaş hududlarni boşqaruv kompaniyalariga biriktirib beriş böyiça topşiriq berilgan. Lekin Toşkent şahri hokimining 5 maydagi qarori bilan 9 ming 802 ta köp qavatli uylarning faqatgina bino ostidagi yerlari kadastr bilan biriktirilgan.
«Maqsadi bitta – qolgan yerlarni quriliş qiliş uçun tadbirkorlarga sotiş! Qani topşiriq nazorati? Qani qonunning kuçi?» – dedi prezident.
Boş prokuror örinbosari Salom Samadovga va adliya vaziri Akbar Toşqulovga «Özbekkosmos» hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda «yaşil» hudud, sport maydonçasi, bolalar öyingohi boşqa maqsadlar uçun berib yuborilgan bölsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytariş böyiça topşiriq berildi.
Köp qavatli uylarga tutaş hududlarni boşqaruv kompaniyalariga beriş böyiça hokimlarning qarorlarini örganib, qonunga zidlarini bekor qiliş vazifasi qöyildi.

















