Juma kunduzi Özbekiston hududi böyiça +34…+37 daraja harorat fonida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Faqat Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.
Dam oliş kunlari harorat yana +38…+40 darajagaça, janubda +42 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Lekin respublikaning toğoldi va toğli hududlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Özbekiston böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda. Şimolda, janubda va çöl hududlarda ayrim joylarda şamolning kuçayişi 20–22 metr/soniyaga yetişi mumkin.
20–22 iyun kunlari Toşkent, Andijon, Namangan va Farğona vodiysining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +35 daraja atrofida böladi, şanba va yakşanba kunlari +37…+40 darajagaça kötariladi.












