Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish 2026 yilning boshidan qayta tiklanishi rejalashtirilyapti. «O‘zavtosanoat»ga ko‘ra, birinchi bosqichda SKD yig‘ish, ikkinchi bosqichda esa chuqur lokalizatsiyali CKD’ga o‘tish ko‘zda tutilgan. Aynan qaysi modellarni sotuvga chiqarish bo‘yicha keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Volkswagen va «O‘zavtosanoat» tarkibidagi Alyans Auto kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish va sotish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagani xabar qilingandi.
«O‘zavtosanoat» matbuot xizmatining Kun.uz’ga qo‘shimcha qilishicha, ishlab chiqarish 2026 yilning boshida qayta tiklanishi rejalashtirilgan.
«Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda SKD yig‘ish, ikkinchi bosqichda esa chuqur lokalizatsiyali CKDʼga o‘tish ko‘zda tutiladi. Ushbu jarayon texnik va iqtisodiy tayyorgarlikni, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarish uchun eng mos modellarni tanlashni o‘z ichiga oladi», deyiladi «O‘zavtosanoat» izohida.
Aynan Volkswagen’ning qaysi modellarini sotuvga chiqarish rejalashtirilgani haqidagi savolga hozircha aniqlik kiritilmadi. «O‘zavtosanoat» axborot xizmatiga ko‘ra bu bo‘yicha keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid
15:39 / 09.07.2026
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026