O‘zbekiston prezidenti 16 iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishgan edi. Shu yig‘ilishdan keyin poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi. Telekanal reportajida taklif etilayotgan loyihalardan uchtasiga oid taqdimot-stendlar ko‘rsatilgan.

Har uchala loyiha – Toshkent shahrining markaziy nuqtalarida bosh rejada ruxsat etilganidan balandroq binolar qurishni nazarda tutadi.

Ulardan eng balandi – 53 qavat. Ulkan me’moriy uzuk bilan bog‘langan ikkita minora loyihasi 175 mln dollarga baholangan. Loyiha tashabbuskori – “Foton” AJ. Majmua Islom Karimov ko‘chasida (“O‘zavtosanoat” AJning yonida, Investitsiyalar vazirligining ro‘parasida) joylashgan kompaniyaga qarashli sobiq zavod o‘rnida qad rostlashi mumkin.

Taqdimot stendiga ko‘ra, 0,9 gektarni egallaydigan majmua 1500 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Loyiha uchun seysmologik, gidrogeologik, sanitar-epidemiologik va FVVning “ijobiy” xulosasi olib bo‘lingan.

E’tiborlisi, Toshkent shahrining tasdiqlangan bosh rejasiga asosan, bu hududda binolarning ruxsat etilgan balandligi 25 qavatgacha deb belgilangan. “Foton”ning uzukli qo‘shaloq minoralaridan biri esa 53 qavat bo‘lishi reja qilingan. Taqqoslash uchun, poytaxtdagi va umuman O‘zbekistondagi eng baland osmono‘par bino – “Toshkent siti”dagi Nest One 51 qavatdan iborat.

Qayd etish lozim, “Foton” AJdagi 85,6 foiz davlat ulushi bundan bir yil oldin 151 mlrd so‘mga xususiylashtirilgan edi.

Xususiylashtirilgan obektlardan yana birining o‘rnida esa biryo‘la 10 ta “dom” paydo bo‘lishi mumkin. 2021-2022 yillarda Geologiya qo‘mitasining Taras Shevchenko ko‘chasidagi sobiq binosi va unga tutash binolarni