Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minskda AQŞ prezidentining Rossiya va Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog bilan uçraşdi; muzokaralar Mustaqillik saroyida bölib ötdi. Bu haqda Belta davlat agentligi xabar berdi.
«Janob general, siz bilan uçraşganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, suhbatimiz juda samimiy va oçiq böladi. Aks holda, uçraşuvdan nima foyda? Agar biz bir-birimiz oldida aqlli va ayyor bölsak, natijaga erişolmaymiz», deb Lukaşenko sözlarini keltirdi agentlik.
Kellog, öz navbatida, «biz juda xavfli davrda yaşayapmiz, agar dono va adolatli bölmasak, inqirozlar keskin kuçayişi va köpayişi mumkin», dedi.
«Janob general, men sizga va’da beramanki, Belarus hududida töliq xavfsiz bölasiz va bu vaqt içida nafaqat Belarusda, balki bizning atrofimizda ham keskinlaşuv bölmaydi», deb javob berdi Lukaşenko.
Muzokaralarning boşqa tafsilotlari oşkor etilmadi.
Reuters xabariga köra, Kellog bu taşrifni Rossiya va Ukraina örtasida yaqinda boşi berk köçaga kirib qolgan tinçlik muzokaralarini qayta tiklaş uçun ehtimoliy imkoniyat sifatida körmoqda.
Kellog sönggi yillarda Belarusga taşrif buyurgan eng yuqori martabali AQŞ rasmiysiga aylandi. 2020 yil fevral oyida, Donald Trampning birinçi muddati davomida Davlat kotibi Mayk Pompeo Belarusga taşrif buyurdi. Bu AQŞ Davlat kotibining 1993 yildan beri Minskka ilk taşrifi böldi.
Belarusdagi prezidentlik saylovi, mamlakatdagi keng kölamli norozilik namoyişlari va qatağonlardan söng Trampning AQŞ rahbari sifatidagi vorisi, demokrat Jo Bayden Belarusga nisbatan siyosatni özgartirdi. 2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan söng, AQŞ Minskdagi elçixonasi işini töxtatdi.












