Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga töğridan-töğri muntazam qatnovlarni tiklamoqda, deb xabar berdi aviataşuvçi matbuot xizmati.

Parvozlar 31 iyuldan amalga oşiriladi. Dastlab, haftasiga uç marta, oktyabr oyidan haftasiga yetti marta. Çipta sotuvi allaqaçon oçiq, joriy jadval aviakompaniya veb-saytida mavjud.

«Samarqand Özbekistonning yirik şaharlaridan biri, mamlakatning eng köp taşrif buyuradigan sayyohlik markazi hisoblanadi. Bu yönaliş rossiyalik sayohatçilar orasida katta talabga ega bölişi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Aviakompaniyaning ta’kidlaşiça, Moskva va Samarqand örtasidagi reyslar Airbus A320 samolyotlarida amalga oşiriladi.

«Aeroflot»ning qöşimça qilişiça, kompaniya Samarqanddan taşqari Özbekiston poytaxti Toşkentga töğridan-töğri muntazam reyslarni amalga oşirişda davom etmoqda.