Suriya rasmiylari sobiq prezident Başar Asadning amakivaççasi Vasim Asadni hibsga oldi. U giyohvand moddalar savdosi va boşqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi SANA axborot agentligi.
Boş razvedka xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari Vasim Asadni Suriya-Livan çegarasida qölga olgan. Tergov ma’lumotlariga köra, u Başar Asad davrida narkotik moddalar savdosi bilan şuğullangan.
Başar Asad mamlakatni 2000 yildan beri boşqarib kelayotgan edi. 2024 yil dekabrda Suriyada keng kölamli hujum boşlagan islomiy guruhlar koalitsiyasi hokimiyatni qölga olganini e’lon qildi. Asad iste’foga çiqdi va Rossiyaga uçib ketdi. 29 yanvar kuni Suriyada muvaqqat hukumat tuzildi, Ahmad Aş-Şaraa yangi prezident böldi.












