Tesla kompaniyasi Texas ştatining Ostin şahrida robotaksi servisini işga tuşirdi.
Test guruhi taxminan 10 ta haydovçisiz elektromobildan iborat bölib, ular taklif qilingan yölovçilarni taşiş bilan şuğullanadi.
Kompaniya rahbari Ilon Maskka köra, sönggi kunlarda avtomobil işlab çiqaruvçi çeklangan hududda sinovdan ötkazilayotgan robotaksi uçun tanlangan şaxslardan iborat guruhga taklifnomalar yuborgan. Safarlar uçun 4,2 dollar miqdorida tölovlarni amalga oşiriş kerak böladi.
Oldinroq Mask yaqin oylarda servis AQŞning boşqa şaharlarida ham taqdim etilişi, robotaksilar soni mingtaga yetkazilişini ma’lum qilgandi.
Dastur doirasida oddiy Model Y maşinalaridan foydalanilmoqda, ular kamera va datçiklar bilan jihozlangan. Töliq avtonom Cybercab elektromobili ustida esa hozirda işlar davom etmoqda.
«Bu Tesla’ning modifikatsiya qilinmagan avtomobillari bölib, ular töğri zavoddan keladi», — degan edi Mask.
Şu bilan birga, Texas gubernatori Greg Ebbott 20 iyun kuni haydovçisiz transport vositalaridan foydalaniş uçun ştat ruxsati talab etiladigan qonunni imzoladi. U 1 sentabrdan kuçga kiradi. Bu davlat amaldorlari haydovçisiz boşqariladigan transport vositalari sohasi ehtiyotkorlik bilan harakat qilişini xohlayotganini anglatadi, deydi ekspertlar.












