Eron maxsus xizmatlari Isroil manfaatlariga josuslik va qöporuvçilik faoliyatida gumonlangan qariyb 700 kişini hibsga oldi. Bu haqda kuç tuzilmalaridagi manbalariga tayanib BBC xabar berdi.

«Tezkor ma’lumotlar va aholi tomonidan berilgan xabarlar asosida razvedka-qöporuvçilik tarmoqlari tarkibida faoliyat yuritgan yollanma şaxslar qölga olindi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, operatsiyalar davomida portlovçi moddalar, masofadan boşqariş tizimlari va josuslik qurilmalari musodara qilingan. Bundan taşqari, Eron tomoni dronlarni yiğiş bilan şuğullangan Isroil razvedkasiga boğliq noqonuniy ustaxonalar ham topilganini ma’lum qildi.

Xavfsizlik xizmati Kirmanşoh, Isfahon, Xuziston, Fors, Luriston viloyatlarida ötkazilgan. OAV ma’lumotlariga köra, poytaxtda ham alohida hibsga oliş işlari amalga oşirilgan, ammo Tehron rasmiy statistikani e’lon qilmagan.

Avvalroq Eronda Isroil foydasiga josuslik qilişda ayblangan uç kişi qatl etilgani töğrisida xabar berilgandi. Ular mamlakatga alkogol içimliklar partiyasi niqobi ostida terakt uyuştiriş uçun uskunalarni olib kirişga uringan.