Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eron Markaziy banki va qator tuzilmalarini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi
Israel Kats Eron moliya institutlari va mansabdor shaxslariga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eron Markaziy banki, Eronning ikkita bank muassasasi, harbiylarga aloqador kompaniya va Eronning uchta yuqori martabali amaldorini «terrorchi tashkilot va uning a’zolari» deb belgilash haqidagi farmonni imzolaganini aytdi.
«Mossad va Iqtisodiy urush milliy markazining iltimosiga ko‘ra, men Eron Markaziy bankini terrorchi tashkilot deb belgilash to‘g‘risidagi maxsus buyruqni imzoladim. Bu qaror Eron terrorchi rejimining moliyaviy tizimi yuragiga zarba berishga qaratilgan», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Kats bu «yangi iqtisodiy sanksiyalar»ga ishora qilishini ta’kidladi, lekin ularning o‘ziga xos mazmuni yoki amalga oshirish mexanizmini aniqlashtirmadi.
Uning ta’kidlashicha, Eron Markaziy banki milliardlab dollarni «halokatli terrorizm»ga o‘tkazish uchun kanal bo‘lib xizmat qiladi va Islom inqilobi muhofizlari korpusi orqali Eron rejimi Hizbulloh, husiychilar, Iroqdagi shia guruhlari, HAMAS va bosib olingan G‘arbiy sohildagi qurolli tuzilmalar ko‘rinishidagi «terrorizmni» moliyalashtiradi.
«Biz oyatulloh rejimi eng katta zarar keltiradigan nuqtalarga zarba beramiz — moliyalashtirish va logistika», — deya qo‘shimcha qildi Kats.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026