Isroil Eronga hujum qilib, 12 kun davomida bombaladi. Şundan keyin Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bayonot berib, uruşni töxtatişi, çunki “qöyilgan maqsadlarga erişilgani”ni bildirdi. Aslida ham şundaymi? Isroil öz maqsadlariga erişdimi? Netanyahuning “biz maqsadlarimizga erişdik” degan bayonoti, eng kamida notöğri, çunki qöyilgan maqsadlarga erişilmadi. Aksinça, teskari natijalar ham kuzatildi.

Isroil uruş boşida ikki maqsadni közladi: birinçisi – Eron yadro dasturini yöqotiş, ikkinçisi – Eron siyosiy tizimini yiqitiş.

Yadro dasturi yöq qilindimi? Aniq javob hozirça yöq, lekin yadro dasturi yöq qilinmagani ehtimoli yuqoriroq. Amerika tomonidan bombalangan Eron yerosti yadro inşootlarining real ahvoli töğrisida aniq ma’lumotlar yöq. Lekin köplab ekspertlar fikriça, Eron bu bunkerlarni aynan mana şunday bombalaşlarni hisobga olib qurgan edi. Qolaversa, eng keng tarqalgan versiyalarga köra, Eron bu bunkerlarga hujumlarni oldindan bilgan va boyitilgan uranni boşqa, xavfsiz joylarga olib çiqib ketişga ulgurgan.

Xöş, unda Isroilning Erondagi siyosiy tizimni özgartiriş rejasi amalga oşdimi? Yöq, mutlaq teskarisi yuz berdi. Isroilning hujumlarini eronliklar “siyosiy tizimga hujum” sifatida emas, Eron xalqiga va davlatiga hujum sifatida qabul qildi. Eron xalqi hukumat atrofida jipslaşdi. Buning içki va taşqi sabablari bor. Isroilning reputatsiyasi Yaqin Şarqning barça davlatlarida, musulmon jamiyatlarida öta salbiy. Ayniqsa, keyingi bir yarim yildan ortiq vaqt davom etayotgan Ğazodagi genotsid, etnik tozalaş siyosati fonida. Şu sabab, eronliklar hukumatga qarşi boş kötariş uyoqda tursin, uning atrofida birlaşdi.

Jumladan, Isroilning Eron televideniyesiga hujumi ham eronliklarning kuçliroq nafratiga sabab böldi. Isroil bamisoli Eron davlat propagandasiga hujum qilganini aytib, özini oqlaşi mumkin. Lekin bu hujum sabab Eron jurnalistlari Isroilga yanada qattiq ğazabda bölişdi. Bu hujum bilan Isroil özini özi Eron OAVning nişoniga aylantirdi.

Demak, Isroil öz oldiga qöygan ikki asosiy maqsadga erişa olmadi. Eron yadro dasturi saqlanib qolmoqda. Eron siyosiy tizimi yiqilmadi, balki mustahkamlandi. Çunki Eron dunyo köz öngida agressiya qurboni böldi, musulmon davlatlari unga hamdardlik va hamkorlik bildirdi. Musulmon xalqlari Eron tomonida bölişdi. Bir vaqtlar nisbatan izolyatsiyada bölgan Eron, eng kritik vaziyatlarda ham vazminlik namoyiş etişga qodirligini isbotlaşi bilan, işonç va hurmat qozondi.

Xöş, Isroil dunyo köz öngida özini “töğri yöldagi davlat” deya körsata oldimi? Uning hujumlarini dunyo jamoatçilik fikri “töğri iş” deya qabul qildimi? Yöq, Isroil va AQŞ bu kutilmagan hujumlari bilan xalqaro qonunçilikni juda qöpol ravişda buzdi. Buning oqibatlari hali ança vaqt bilinadi. Çunki AQŞ va Isroil Eronni “muzokaralar” bilan aldab, uni çalğitib, kutilmaganda hujum uyuştirişdi, Eron davlat mulozimlari va mulklariga hujum qilib, insoniy va moddiy talofat yetkazişdi.