CNN naşri uşbu masala bilan taniş bölgan tört manbasiga tayanib yozişiça, sönggi ikki hafta davomida Eron va Isroil örtasidagi harbiy töqnaşuvga qaramay, AQŞ va Yaqin Şarqdagi muhim şaxslar Eron rasmiylari bilan yaşirinça muzokaralar olib borgan. Uşbu muloqotlar öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvdan keyin ham davom etgan.

Tramp administratsiyasi rasmiylari bir neçta takliflar ilgari surgan. Takliflar dastlabki bosqiçda bölib, hali özgaruvçan, ammo bitta qat’iy şart mavjud: Eron tomonidan uran boyitilişining butunlay taqiqlanişi. Eron esa bu talabga avvaldan qarşilik bildirib kelmoqda.

Biroq CNN'ga ikki manba tomonidan ta’riflangan dastlabki taklif loyihasida Eron uçun bir neçta imtiyozlar nazarda tutilgani aytiladi.

Manbalarga köra, 21 iyun kuni – AQŞ Eron yadro obektlarini bombardimon qilişidan bir kun oldin, Oq uyda AQŞning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Fors körfazi davlatlari vakillari örtasida bir neça soat davom etgan maxfiy uçraşuv bölib ötgan. Aynan şu yerda ayrim takliflarning tafsilotlari aniqlaştirilgan.

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff / Foto: The White House

Bu paytgaça ommaga ma’lum bölmagan muhokama qilinayotgan şartlardan biri — Eronda fuqaroviy energiyaga möljallangan, ammo uran boyitilmaydigan yadroviy dastur uçun 20-30 milliard dollargaça sarmoya kiritiş taklifi. Bu taklif haqida Tramp ma’muriyati rasmiylari va mazkur taklifdan xabardor manbalar CNNga ma’lumot bergan.

Rasmiylardan birining ta’kidlaşiça, bu pul AQŞ tomonidan ajratilmaydi; AQŞ uşbu xarajatlarni arab ittifoqçilari zimmasiga yuklaş niyatida. Eronga yadroviy energetika sohasida sarmoya kiritiş masalasi avvalgi oylar davomida bölib ötgan muzokaralarda ham kötarilgan.

«Biz uşbu muzokaralarga rahbarlik qilişga tayyormiz. Loyihani amalga oşiriş uçun kimdir pul tölaşi kerak böladi, ammo bu biz bölmaymiz», — degan Tramp ma’muriyati rasmiysi CNNga.

Boşqa imtiyozlar qatorida, ba’zi sanksiyalarni bekor qiliş va Eronning xorijiy bank hisoblarida bloklangan 6 milliard dollar miqdoridagi mablağdan foydalanişga ruxsat berilişi ham közda tutilmoqda.