Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Xominaiy Eron xalqini ğalaba bilan tabrikladi
26 iyun kuni Eron oliy rahbari Ali Xominaiy xalqqa murojaat qilib, sönggi 12 kunlik uruşda AQŞ va Isroil mağlub etilganini aytdi.
«Sizlarni Eronning Amerika rejimi ustidan qozongan buyuk ğalabasi bilan tabriklayman. Amerika rejimi uruşga töğridan-töğri kirdi, Çunki ular buni qilmasa, tsionistik rejim butunlay yöq bölib ketişini tuşundi va uruşga kirdi, lekin heç narsaga erişa olmadi», deya Xominaiyning sözlarini keltirmoqda Mehr News.
Xominaiy şuningdek, Eron heç qaçon taslim bölmasligini ta’kidladi va agar kimdir yana mamlakatga hujum qilişga urinsa, jiddiy javob berilişini ma’lum qildi.
«Eron tomonidan berilgan bu zarbalar duşmanlar tasavvuriga ham kelmagan edi, ammo ular haqiqatga aylandi. Eronning javobi ularga şuni körsatdiki, bizga har qanday tajovuz oğir narxga tuşadi», — dedi u.
Şuningdek, AQŞning Eron yadroviy obektlariga uyuştirgan hujumlari xalqaro sudlarda alohida huquqiy iş sifatida körib çiqilişi lozimligini ta’kidladi. Oyatulloh Xominaiy AQŞ prezidenti Donald Tramp holatni noodatiy tarzda oşirib körsatganini aytib, bu uning bunga ehtiyoji borligini körsatadi, dedi.
Uning aytişiça, Eron Qatardagi AQŞning eng muhim bazalaridan biri — Al-Udayd harbiy bazasini nişonga oldi va zarar yetkazdi. «Eron istagan paytda AQŞning asosiy bazasini nişonga oliş imkoniyatiga egaligi — oddiy voqea emas. Bunday hujumlar yana takrorlanişi mumkin va duşman uçun buning narxi oğir böladi», — dedi u.
Trampning «böysuniş kerak» degan sözlariga töxtalar ekan, Oyatulloh Xominaiy şunday dedi:
«Ammo bunday töğridan-töğri bayonot AQŞ prezidentining oğziga «siğmaydi». Har safar yangi bahona bor: inson huquqlari, demokratiya, ayollar huquqi, uranni boyitiş, raketalar. Ammo bu bahonalarning orqasida yagona maqsad bor — Eronni böysundiriş.
Eron qadimiy sivilizatsiyaga ega buyuk bir mamlakat. Madaniy merosi AQŞ va unga öxşaganlardan ança boy. Bunday uluğ millatga nisbatan ‘böysunişʼ haqida gapiriş mutlaqo mantiqsizdir»,











