«An-Nasr» portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu bilan yangi şartnoma tuzilganini e’lon qildi.
40 yoşli futbolçi bilan yangi kelişuv muddati 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Saudiya klubi portugaliyalik iştirokidagi rolikni namoyiş etgan. Video oxirida Ronaldu plyajda turgan holatda şunday deydi: «Doim „An-Nasr“!»
«Tarix davom etadi», — deyilgan klub xabarida.
Futbolçining özi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda e’lon bergan. «Yangi sahifa oçilmoqda. Öşa ehtiros, öşa orzu. Keling, birgalikda tarix yarataylik», – deya yozgan Ronaldu.
Kriştianu faoliyati davomida «Sporting», «Mançester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida töp surgan. U 2023 yil yanvarida «An-Nasr» safiga kelib qöşilgandi. Ötgan vaqt mobaynida forvard jamoa uçun barça turnirlar doirasida 105 öyin ötkazib, 93 gol urgan va 19 golga uzatma bergan.
Ronaldu bu klubda qölga kiritgan yagona sovrin — 2023 yilda örtoqlik maqomidagi Arab çempionlari kubogini yutiş bölgandi.
Yakunlangan mavsumda ham «An-Nasr» sovrinsiz qoldi. Ar-Riyod şahri jamoasi Saudiya Arabistoni çempionatida 70 oçko töplab, turnir jadvalida «Al-Ittihod» va «Al-Hilol» jamoalaridan keyin uçinçi örinni egallaş bilan kifoyalandi, OÇLni esa yarimfinalda tark etdi. Şu bilan birga, Ronaldu içki çempionatda töpurar böldi.












