Xalqaro tadqiqot guruhi Atlantika okeanining şimoli-şarqiy qismida 1000 boçkadan ortiq radioaktiv çiqindilarni aniqladi. Bu haqda Fransiya milliy ilmiy tadqiqot markaziga tayanib Tagesschau xabar berdi.
Olimlarning fikriça, Atlantika okeanining bu qismida 3000-5000 metr çuqurlikda 200 ming boçkadan ortiq radioaktiv çiqindilar mavjud. Ular suv bosimiga bardoş berişga möljallangan, ammo radiatsiyani töliq uşlab qololmaydi. Boçkalarning holati qandayligi haqida heç narsa ma’lum emas.

1950-1980 yillar oraliğida bir qança davlatlar yadroviy çiqindilarni boçkalarda okeanga taşlagan. 1993 yilda bu amaliyot butunlay taqiqlangan.
Iyun oyining örtalarida tört haftalik tadqiqot ekspeditsiyasi Fransiyaning Brest şahridan «L'Atalante» kemasida dengizga çiqdi. Uning doirasida olimlar çiqindilarning mahalliy ekotizimga ta’sirini baholaşni va boçkalar joylaşuvi xaritasini yaratişni rejalaştirmoqda.













