Telegram messenjeri oçiq manbalarga asoslangan ma’lumotlarni e’lon qiladigan (OSINT) suriştiruv kanallaridan bir qançasini ogohlantirişsiz va tuşuntirişsiz blokladi. «Etiçnyy xaker» kanali birinçi bölib bunga e’tibor qaratdi, uning mualliflari kamida beşta şunday resurs mavjud emasligi haqida xabar berdi.

«Kanallarning har biri bir neça yillardan beri işlagan va jamiyat qoidalarini buzmagan edi», deb da’vo qildi «Etiçnyy xaker» mualliflari.

«Vajnyye istorii» naşrining yozişiça, Rossiya, Belarus va Gurjistonga tegişli bir qança kanallar yopilgan. Ularning barçasi öz nomida OSINT (Open Source Intelligence — oçiq ma’lumotlar asosida razvedka) qisqartmasidan foydalangan.

«Biz Pavel Durov Ukraina mudofaa kuçlariga nisbatan nodöstona qadam taşladi, deb hisoblaymiz. Telegram amaliy, harbiy OSINT bilan şuğullanadigan deyarli barça kanallarni blokladi... Ukraina OSINT kanallari rossiyalik harbiy jinoyatçilarni, texnika va askarlar töplangan manzillarni aniqlaş, umuman olganda okkupantga qarşi kuraş bilan şuğullangan», dedi «OSINT Bdjoli» loyihasi muallifi.

Kanallar bloklangani haqida jurnalist va Deutsche Welle faktçekeri Pavel Bannikov ham xabar berdi. Uning fikriça, Telegram bu qarorni özi qabul qilmagan bölişi mumkin — bunga bot hujumlari yoki ommaviy şikoyatlar sabab bölişi mumkin. Messenjer vakillari hozirça vaziyatga izoh bermadi.