Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metall va toshlar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etiladi
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida valuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va toshlar muomalasiga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hujjat qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutadi.
Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasiga (Valuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.
Valuta tushumlarining bir qismini majburiy sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish ko‘zda tutilgan. Mazkur qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga hozirda 8 BHMdan 12 BHMgacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) jarima solinadi.
Mavzuga oid
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:32 / 20.04.2026