AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruşga qaramay, Rossiya bilan savdo qiluvçi davlatlarga nisbatan 500 foizlik bojlar töğrisidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Bu haqda 30 iyun, yakşanba kuni qonun loyihasi hammuallifi, respublikaçi senator Lindsi Grem Amerikaning ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Keça birinçi marta, biz golf öynaganimizda, prezident menga bu qonun loyihasini oldinga siljitiş vaqti kelganini aytdi», dedi Grem. Uning sözlariga köra, hujjatni körib çiqiş «iyuldagi tanaffusdan söng», ya’ni AQŞ Mustaqillik kunini nişonlaşdan keyin boşlanadi. Kongress işini 7 iyulda davom ettirişi rejalaştirilgan.
"Agar siz Rossiyadan tovarlar sotib olib, Ukrainaga yordam bermasangiz, AQŞga ketadigan tovarlaringizga 500 foizlik bojlar qöyiladi. Hindiston va Xitoy Putin neftining 70 foizini sotib olib, uning jangovar maşinasini qöllab-quvvatlaydi. Mening qonun loyihamni 84 senator qöllab-quvvatladi. Bu prezidentga Hindiston, Xitoy va boşqa mamlakatlarga qarşi sanksiyalar qöllaş imkonini beradi", — dedi Grem.
Uning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi Trampga «hozir unda yöq vosita» beradi. Senator prezident qonun loyihasini imzolaydimi yoki yöqmi degan töğridan töğri savolga javob berişdan qoçdi va «u yaxşi holatda», deb javob berdi.












