Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyani qamrab olgan haddan taşqari issiqlik Germaniyaga 1 iyul, seşanba kunidan boşlab keladi. Harorat 2 iyulda eng yuqori çöqqisiga çiqadi, şu kuni Germaniya janubida, prognozlarga köra, taxminan 40°C, mamlakatning qolgan qismida 35°C va undan yuqori harorat kutilmoqda.
Ispaniyaning Portugaliya bilan çegaradoş El-Granado şahrida 30 iyun kuni termometr körsatkiçi +46°C ga kötarildi. Bu butun kuzatuvlar tarixida Ispaniyadagi birinçi yoz oyidagi rekord haroratdir. Mamlakatning bir qança hududlarida qizil ogohlantiriş darajasi e’lon qilingan va odamlardan tuşdan keyin oçiq havoda bölmaslik söralmoqda.
Rekord harorat şaroitida Ispaniyaning Sevilya şahrida BMTning taraqqiyotni moliyalaştiriş böyiça konferensiyasi bölib ötdi va unda taşkilot boş kotibi Antoniu Guterriş iştirok etdi. «Haddan taşqari issiqlik endi kamdan-kam uçraydigan hodisa emas — bu yangi odatiy holga aylandi. Sayyora tobora isib bormoqda — heç bir davlat bundan himoyalanmagan», — deya Guterriş iqlim özgarişiga qarşi kuraşda yanada uluğvor harakatlarga çaqirdi.
Fransiyaning Örta Yer dengizi sohili janubi-ğarbidagi Oksitaniya hududida yuqori harorat tufayli yuzaga kelgan katta örmon yonğini 400 gektar örmonni yöq qildi. 1 iyul, seşanba kuni Parij va boşqa 15 departamentda kuçli jazirama tufayli qizil signal e’lon qilinadi.
Fransiya energetika vaziri Anes Pane-Ryunaşe mamlakatdagi ğayritabiiy ob-havoni «misli körilmagan» deb atadi.












