Bu yili AQŞ mustaqilligining 250 yilligini keng nişonlamoqda. Tarixdagi eng katta va uzoq davom etuvçi salyut, qiruvçi samolyotlar iştirokida osmondagi şou, Vaşington monumentidagi tomoşa, maxsus konsert, festivallar va’da qilingan. 1 iyul kunidan National Mall, ya’ni Vaşingtonning yuragida bu tadbirlarning ba’zilari ötkazib kelinmoqda. Lekin, asosiy parad va salyutlar 4 iyul oqşomiga rejalangan edi.

Ammo, şu kunlarda AQŞning şarqiy sohili böylab öta issiq ob-havo hukmron. Kunduzi harorat 38-46 darajagaça isib, odamlarga jiddiy noqulayliklar tuğdirmoqda. Millionlab fuqarolar zarurat bölmasa, köçaga çiqmaslikka çaqirildi. Havodagi yuqori namlik ham inobatga olinsa, bu rostanam juda noqulay ob-havo.

Tadbirlarga kelsak, issiq sabab Vaşingtondagi asosiy parad 3 iyul kuni bekor qilindi. Sababi 4 iyul kuni şaharda harorat 39 gradusga çiqadi va namlik hisobiga odamlar 46 darajadek his etadi. Bunday şaroitda mustaqillik paradini ötkaziş odamlar hayoti uçun xavfli.

Bundan taşqari, Filadelfiyadagi eng yirik mustaqillik paradi ham bekor qilindi, dastavval parad marşruti qisqartirildi, söngra töliq bekor böldi.

Vaşingtondagi Great American fair, ya’ni maşhur çarxpalak işdan töxtadi. Çunki issiq sabab unga çiqqan bir neça kişiga tibbiy yordam körsatilgan.

Şu bilan birga Virjiniyaning Feyrfaks, Lisburg tumanlari, Merylandning Takoma parkidagi, Laurel tumanidagi, Nyu-Jyerseyning tumanlaridagi bayram tadbirlari ötkazilmaydigan böldi. Hatto, Nyu-Yorkdagi ba’zi çiqişlar töxtatilgani e’lon qilingan.

Hozirça Vaşingtonda 4 iyul keçqurun salyut otilişi va konsert bölişi aniq bölib qolmoqda.

Eslatib ötamiz, AQŞ özining 250 yillik mustaqillik kunini jiddiy tayyorgarlik bilan nişonlar ekan, xorijdagi elçixonalar ham alohida tadbirlar ötkazdi. Vaşington monumentida 18 daqiqalik AQŞ tarixi va buguniga bağişlangan maxsus video namoyiş etildi.