Polşaning PGZ davlat mudofaa konserni artilleriya snaryadlarini işlab çiqarişni beş baravarga — yiliga 180 mingtagaça oşiriş niyatida. Bu haqda davlat aktivlari vaziri Yakub Yavorovskiy ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Polşa import qurollariga bölgan qaramlikni qisqartiriş va özini Rossiya tahdidlaridan himoya qiliş maqsadida gaubitsalar uçun snaryadlar işlab çiqarişni beş baravarga oşiradi.
«Bizning qisqa muddatli maqsadimiz — bu turdagi qurollarni işlab çiqarişni sezilarli darajada oşiriş va çet ellik yetkazib beruvçilardan mustaqil böliş, milliy avtonomiya uçun barqaror asos yaratiş», — deydi Yavorovskiy.
PGZ snaryadlar işlab çiqarişni köpaytiriş uçun yaqin kunlarda 663 million dollar oladi. Qöşimça sarmoya kiritilişi 155 va 120 millimetrli snaryadlar işlab çiqariş hajmini oşirişga xizmat qiladi.
PGZ hozirda yiliga yirik kalibrli snaryadlardan 30 mingta işlab çiqaradi, ammo uç yil içida uşbu körsatkiçni 150—180 mingga yetkazişni rejalaştirmoqda.
Financial Times’ning yozişiça, Polşa NATO davlatlari orasida mudofaa uçun eng köp mablağ sarflamoqda: 2025 yilda uşbu mudofaa xarajatlari uçun YaIMning 4,7 foizini yönaltiriladi. Ammo mablağlarning aksariyati çet ellik yetkazib beruvçilarga, asosan AQŞ va Janubiy Koreyaga çiqib ketadi. Endi Polşa hukumati milliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaşga e’tibor qaratmoqçi.












