Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi
Ular Qirg‘iziston hududida umuman bo‘lmagan, ammo universitetda faol talabalar sifatida qayd etilgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ishenali Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universitetida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish holatlarini aniqladi.
Jumladan, oliygohga rasman o‘qishga kirgan bir qator xorijliklar amalda Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lmagani va o‘quv jarayonida ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi. Biroq ularning hujjatlari universitetda faol talabalar sifatida qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Xizmat soxtakorligi» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Komissiya tekshiruvi qonunbuzarliklarni tasdiqlagan. Oqibatda, 59 nafar chet ellik fuqaro QDU talabasi safidan chetlatildi. Ta’kidlanishicha, ulardan 30 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 20 nafari Qozog‘iston, 9 nafari Rossiya fuqarolari hisoblanadi.

Tergov tadbirlari davom etmoqda. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi universitet professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlaridan qaysi biri qonunbuzarliklarga aloqadorligini aniqlamoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026