Ozarboyjon boş prokuraturasi Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan mamlakatning ikki fuqarosi qasddan öldirilgani böyiça jinoiy iş qözğatdi. Ozarboyjon ekspertizasi aka-uka Ziyaddin va Husayn Safarov olingan tan jarohatlaridan keyin posttravmatik şokdan vafot etganini körsatgan. Rossiya Tergov qömitasi versiyasida qölga olinganlardan birining ölimiga yurak yetişmovçiligi sabab bölgani aytilgandi.
Ikki kişining ölimi va Yekaterinburgda ommaviy hibsga olişlar haqidagi xabarlar Boku va Moskva örtasidagi munosabatlar yana keskinlaşişiga olib keldi.
Ozarboyjonda Rossiya madaniy tadbirlari bekor qilindi, «Sputnik» agentligining Bokudagi ofisida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) ikki agenti hibsga olingani aytilmoqda. Kreml duşanba kuni Yekaterinburgdagi voqealar Ozarboyjon tomonidan demarş uçun bahona bölmasligi kerakligini aytib çiqdi.
27 iyun kuni ertalab Yekaterinburgda ança vaqt muqaddam sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilinib, Ozarboyjon fuqarolari va ozarboyjon millatiga mansub şaxslar qölga olindi, deyiladi Ozarboyjon prokuraturasi press-relizida.
Ozarboyjon tergovçilari hibsga olinganlar «amalda ilojsiz holatda bölib, özlarini zarbalardan himoya qila olmagani, hibsga oliş paytida ham, ularni olib ketayotgan transport içida ham qattiq, ötmas narsalar bilan tananing turli qismlariga köplab zarbalar beriş orqali qiynoqqa solingani va oğir tan jarohati yetkazilgani»ni qayd etişgan.
Avvalroq Rossiya rasmiylari Yekaterinburgda 2001, 2010 va 2011 yillardagi qotilliklarga aloqadorlikda gumonlanuvçilar qölga olingani haqida xabar bergan edi. Hibsga oliş çoğida kelib çiqişiga köra Ozarboyjondan bölgan aka-uka Ziyaddin va Husayn Safarov vafot etgan, yana bir neça kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Ozarboyjon ekspertizasi nimalarni aniqladi?
Duşanba kuni keçqurun aka-uka Safarovlarning jasadlari Bokuga olib kelindi, seşanba kuni esa ular Ozarboyjonning Ağjabedi tumanidagi qişloq qabristoniga, ota-onasining yoniga dafn qilindi.

Dafn marosimidan oldin Ozarboyjon sud-tibbiyot ekspertlari Safarovlarning jasadini tekşirib, ularning ölimiga jarohatlar sabab bölgani haqida xulosaga kelişdi.
Ozarboyjon boş prokuraturasi ma’lum qilişiça, kiçik biznes bilan şuğullangan 60 yoşli Husayn Safarov Yekaterinburgdagi içki işlar bölimida öldirilgan. Uning 55 yoşli ukasi, taksi haydovçisi Ziyaddin Safarov esa ertalab xizmat maşinasida öldirilgan, deb hisoblaydi prokuratura.













