Xalqaro valuta jamğarmasi mutaxassislari Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) loyihalari ortidan kelib çiqişi mumkin bölgan risklarga e’tibor qaratdi.
XVJga köra, oxirgi yillarda Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik loyihalarining kölami ança kengaygan. Xususan, 2021 yilning yakunida Özbekistonda umumiy qiymati 6,2 mlrd dollarlik (YaIMning qariyb 8 foizi) 200 dan ortiq DXŞ loyihalari mavjud bölgan bölsa, bu miqdor 2024 yil oxiriga kelib 31 mlrd dollargaça (YaIMning 27 foizi) oşgan.
Tarmoqlar böyiça tahlil qilinganda, ötgan yilning dekabr oyidagi ma’lumotlarga köra uşbu loyihalarning 93 foizi (28,8 mlrd dollar) energetika, 5 foizi kommunal xizmatlar (1,5 mlrd dollar) 0,8 foizi (144 mln dollar) esa ta’lim bilan boğliq.

2025-2030 yillarga möljallangan rejalarga köra, yangi DXŞ loyihalari hajmi 30,2 milliard dollarni taşkil qilişi mumkin. Agar bu töliq amalga oşsa, 2026 yil oxirida DXŞlar mamlakat yalpi içki mahsulotining 34 foizigaça kötariladi, 2030 yilda esa YaIMning 27,5 foizigaça pasayadi.

Jahon banki ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Özbekiston umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik oltita davlat-xususiy şeriklik loyihasini imzolagan. Bu Yevropa hamda Markaziy Osiyodagi past va örta daromadli davlatlar örtasida yangi DXŞ majburiyatlari umumiy hajmining deyarli 40 foizini taşkil etadi.
«Kelajakda davlat uçun katta tölov majburiyatlari yuzaga keliş xavfi bor»
Özbekistonning 2025 yilgi budjeti doirasida yangi DXŞ loyihalari uçun 6,5 mlrd dollarlik çegara belgilangani XVJ tomonidan yuqori baholanyapti. Ekspertlar bu limitni keyingi yillarda pasaytirişni tavsiya etgan. Bu davlat majburiyatlarining ortib ketişi xavfini kamaytiradi.
Loyihalar sonining tez sur’atlar bilan ösişi mumkin bölgan moliyaviy tavakkalçiliklarni yanada qattiq nazorat qiliş zaruratini keltirib çiqaradi.
Şuningdek, DXŞlar böyiça davlatning umumiy majburiyatlari böyiça çegarani joriy etiş masalasi ham muhokama qilingan. Bu yalpi içki mahsulotning 60 foizini taşkil etuvçi davlat va kafolatlangan qarz böyiça mavjud limitni töldirişi kerak.












