Reuters naşri jurnalistlari 2025 yil 7-9 mart kunlari Suriyaning dengizböyi hududlarida alaviylarning ommaviy qirğin qilinişi yuzasidan keng kölamli tekşiruv ötkazdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, uç kun içida hokimiyatdan ağdarilgan prezident Başar Asad rejimiga aloqador diniy ozçilikning 1,5 mingga yaqin vakili öldirilgan. Tergov Suriyaning Örtayer dengizi sohillari böylab joylaşgan alaviylar jamoatlarida ommaviy qotillik va talon-torojga uçragan 40 ta joyni aniqladi. Öldirilganlar orasida oilalar, jumladan, ayollar, bolalar, qariyalar va nogironlar bor.
Ta’kidlanişiça, qotilliklar tölqini Asad tarafdorlarining 6 mart kuni boşlangan qözğoloniga javob böldi. Sobiq prezidentga sodiq sobiq askarlar yangi hokimiyatning xavfsizlik postlariga hujum qildi. Hukumat ma’lumotlariga köra, qözğolonda xavfsizlik kuçlarining 200 nafar xodimi halok bölgan.
Prezident vazifasini bajaruvçi Ahmad aş-Şaraa boşçiligidagi yangi hukumat avvalgi rejim «qoldiqlarining» davlat töntarişiga urinişlarini bostirişga («fulul») buyruq bergan. Biroq, ta’kidlanişiça, köplab sobiq jangarilar «fulul» sözini istisnosiz barça alaviylar deb talqin qilgan.
Reuters xabariga köra, Al-Muxtoriya qişloğida 157 kişi öldirilgan, bu aholining deyarli törtdan bir qismi. Sanobar qişloğida esa 236 kişi halok bölgan. Ar-Rusafa qişloğida 25 yoşli Sulaymon Raşid Saad vahşiyona tarzda öldirilgan. Şundan söng, qotillar marhumning telefonidan otasiga qönğiroq qilib, jasadni olib ketişni buyurgan.
Reuters xabariga köra, qotilliklarda Suriyaning yangi armiyasiga qöşilgan kamida 12 guruh iştirok etgan. Ularning deyarli yarmi inson huquqlarini buzgani uçun yillar davomida xalqaro sanksiyalar ostida edi. Qirğinda iştirok etganlar orasida «400-otryad» elita kuçlar bölinmasi, «Usmon» brigadasi, Umumiy xavfsizlik xizmati, «Sulton Sulaymon Şoh» brigadasi, «Hamza» diviziyasi, «Jayş al-Islom» va Turkiston Islom partiyasi bor edi. Jangçilarning köpçiligi niqob kiyib, «sunniy, sunniy» deb hayqirib, «alaviylarni qirğin qilişga» çaqirgan.
Prezident aş-Şaraa zöravonliklarni mamlakatni birlaştiriş missiyasiga tahdid deb atadi va aybdorlarni jazolaşga va’da berdi.
«Biz mazlumlarni himoya qiliş uçun kuraşdik va hatto eng yaqin ittifoqçilarimiz orasida ham qonning nohaq tökilişiga yoki jazosiz qolişiga yöl qöymaymiz», dedi u.
Ta’kidlanişiça, tergov komissiyasi tuzilib, mingdan ortiq odam bilan suhbat ötkazilgan.


















