Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Bobotoğ kanalida sodir bölgan avariya yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 30 iyun kuni soat taxminan 12:50 larda Jarqörğon tumanida Amu Zang kanalidan «Bobotoğ» nasos stansiyasi orqali Bobotoğ kanaliga suv çiqaruvçi 2840 millimetrli quvurda yoriliş yuzaga kelgan.
Sodir bölgan avariyani bartaraf etişga Amu Surxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boşqarmasi bazasidan 1 ta kran, 1 ta «Kamaz», 2 ta traktor va 12 nafar işçi xodim jalb qilingan.
Avariya soat 21:00 da bartaraf etilib, 21:20 da nasos stansiyasi işga tuşirilgan.
«Uşbu vaziyat böyiça aholi va aholi yaşaş xonadonlariga, uy hayvonlariga zarar yetmagan. Tan jarohati olganlar yöq», - deyiladi xabarda.












