Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda uşlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun Oliy sud taşabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.O.ga oid jinoyat işi böyiça yordam beriş evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizaçining talabi bilan qaytargan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
“Oliy sud keng jamoatçilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarşi murosasiz va keskin kuraş böyiça qat’iy çoralar körilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalaş borasida barça zarur sa’y-harakatlar amalga oşirilayotganini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Oliy sud fuqarolarni sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etişda faol hamkorlikka çaqirgan.

















