Buyuk Britaniya va Germaniya keng kölamli özaro mudofaa şartnomasini imzolaşga tayyorlanmoqda. Hujjatda davlatlardan biriga nisbatan har qanday strategik tahdid boşqasiga ham xavf tuğdirişi belgilab qöyiladi, deb yozadi Yevropaning Politico naşri 2 iyul, çorşanba kuni mudofaa böyiça kelişuv tayyorlanişi bilan taniş bölgan beş kişiga tayanib.
Hujjat matni deyarli tayyor, dedi Londondagi ikki rasmiy jurnalistlarga. U har ikki davlat parlamentlari yozgi ta’tilga çiqqunça, 17 iyul kuni imzolanişi kutilmoqda.
Mudofaa paktining asosi 2024 yilning yozida Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Germaniyaning öşa paytdagi kansleri Olaf Şols tomonidan qöyilgan, ular tinçlik, xavfsizlik va iqtisodiy ösiş böyiça hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça qöşma deklaratsiyani imzolagan edi. Keyin şartnoma qoidalari 18 ta muzokaralar raundi davomida işlab çiqildi.
Politico qayd etganidek, London bilan mudofaa şartnomasini tuzgaç, Germaniya Yevropadagi ikkala yadroviy davlatning yordamiga umid boğlaşi mumkin böladi, bu esa AQŞ kömagisiz qit’aning tiyib turuvçi salohiyatini kuçaytiradi va Germaniya kansleri Fridrix Mersning intilişlariga mos keladi.












