Amerikaning Microsoft Corp. IT-giganti xodimlarining 4 foizini işdan böşatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya vakili bayonotiga tayanib, CNBC xabar berdi.
Barça bölinmalar va barça darajadagi işçilarga ta’sir körsatadigan qisqartirişlar kompaniyaning boşqaruv jarayonlari hamda tuzilmalarini optimallaştirişga qaratilgan.
Işdan böşatişlarning yangi raundi joriy yildagi ikkinçi qisqartiriş hisoblanadi. May oyida Microsoft xodimlarining 3 foizini (6 ming kişi) işdan böşatişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgandi.
Microsoft tomonidan Qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyaga yuborilgan yillik hisobotga köra, ötgan yil iyun oxirida kompaniyada 228 ming kişi faoliyat yuritgan. Şunday qilib, oldingi işdan böşatişlar bilan hisoblanganda, qariyb 9 ming nafar xodim qisqartirişga tuşişi mumkin.
Microsoft aksiyalari kotirovkasi çorşanba kungi savdolar avvalida 0,2 foizga qisqardi. Joriy yilning ötgan davrida kompaniyaning bozor qiymati 16,6 foizga oşdi.
Avvalroq Amazon boş direktori Endi Jyessi yaqin bir neça yil içida kompaniya iş jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilişi sabab xodimlar soni qisqartirilişini ma’lum qilgandi.












