Kun.uz «Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olişning «navbatsiz» yöllari ham bormi?» sarlavhali suriştiruv e’lon qilgandi. Unda 28 iyunga navbati olingan avtomobilga 20 may kuni sertifikat berilgani va bu korrupsiyaviy holat bilan boğliq bölişi mumkinligi keltirib ötilgandi.
UzTest tomonidan ötkazilgan içki tekşiruvga köra, mazkur holatda avtotransport vositalarini sinovdan ötkaziş böyiça joriy etilgan elektron navbat tartibining buzilgani aniqlangan.
«Piskent tumanida joylaşgan elektromagnit moslaşuvçanlik laboratoriyasi mutaxassisi K.J. hamda iş yurituvçi B.S. tomonidan elektron navbat tizimiga zid ravişda avtotransport vositasi navbatsiz sinovdan ötkazilgan, şuningdek, sinov uçun olib kelingan namunalar arizaçilarga öz vaqtida va töliq taqdim etilmagan», – deyiladi Kun.uz'ga taqdim etilgan rasmiy munosabatda.
Tekşiruv natijalariga köra, yuqorida nomlari körsatilgan xodimlarning öz xizmat vazifalariga loqayd yondaşganliklari aniqlanib, ularga nisbatan intizomiy çoralar körilgan.
«Korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida Tehnik jihatdan tartibga soliş agentligining «Tris.uz» milliy axborot tizimi takomillaştirildi. Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olingan elektron navbat «Tris.uz» milliy axborot tizimiga integratsiya qilindi. Natijada vaqtidan oldin navbatsiz ötiş imkoniyati çeklandi», deya qöşimça qilingan davlat muassasasi izohida.

















