Özbekistonda dam oliş kunlari issiq asta-sekin pasayişni boşlaydi, biroq bu pasayiş u qadar sezilarli bölmaydi, deb xabar bermoqda Özgidromet.
Juma kuni kunduzi Özbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo bölişi kutilmoqda. Keçagi kundan boşlab havo harorati kunduzi +39…+41 darajagaça, respublikaning çöl hududlarida va janubda +43…+45 darajagaça kötarildi.
4 iyul kuni termometr ustuni +41…+43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +44…+46 darajagaça yanada kötariladi. Faqat Özbekistonning şimoli-ğarbiy hududlari böyiça harorat +34…+39 darajagaça pasayişi seziladi.
Yakşanba kuni harorat kunduzi +38…+41 daraja atrofida, janubda +42…+44 darajagaça böladi.
Özbekistonda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça, 5 iyulda respublika böyiça ba’zi joylarda, 6 iyulda çöl hududlarda ba’zida 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.
Toşkent şahrida havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat 4–5 iyulda +40…+43 daraja, 6 iyulda +39…+41 daraja böladi.












