Ohangaron şahar hokimligining bölim boşliği qölga olindi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu mansabdor şaxs xizmat mavqeyidan foydalangan holda 1958 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga ötkazilişi rejalaştirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
U uyning narxini 15 000 dollarga kelişib hamda sud organlaridagi tanişlari uçun 3 500 dollar berişini aytib, jami 18 500 dollar talab qilgan. Kelişilgan pulning 9 500 dollarini oldindan olgan vaqtida DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

















