Boeing kompaniyasi AQŞ Mudofaa vazirligi bilan ESS dasturi (Rivojlangan strategik sun’iy yöldoş aloqasi) doirasida ikkita sun’iy yöldoş yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi.
Qiymati 2,8 milliard dollarni taşkil etadigan şartnoma kompaniyadan yana ikkita şu kabi sun’iy yöldoş buyurtma qiliş imkoniyatini öz içiga oladi.
ESS kosmik sun’iy yöldoşlar orqali himoyalangan aloqa kanallarini ta’minlaş uçun möljallangan. AQŞ prezidenti va mamlakat qurolli kuçlari uning asosiy foydalanuvçilari hisoblanadi. Boeing ikkita sun’iy yöldoşdan birinçisini 2031 yilda yetkazib berişni rejalaştirmoqda.
Dasturga köra sun’iy yöldoşlar geostatsionar orbitaga olib çiqiladi (Yer yuzasidan taxminan 35,7 ming kilometr balandlikka) va u AQŞ qurolli kuçlari bilan sayyoraning istalgan nuqtasida aloqani ta’minlaydi.

















