Nizom çaqiriluvçilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorgarlikka jalb etiş, Özbekiston Qurolli Kuçlari safidagi muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun tanlab oliş tartibini belgilaydi.

Çaqiriluvçilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta iştirok etişi mumkin.

Tanlov çaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan çaqiruv yilining 10 fevraliga qadar ötkaziladi.

Çaqiriluvçi bilan suhbat ötkaziş orqali uning quyidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritiladi:

➖ harbiy xizmatga bölgan qiziqişi va iştiyoqi;
➖ huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan boğliq holatlar;
➖ soğliğining holati;
➖ bilim darajasi;
➖ oilaviy şaroiti va boşqalar.

Çaqiriluvçilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qiliş orqali baholanadi:

▪️ turnikda tortiliş;
▪️ 100 metrga yuguriş;
▪️ 3000 metrga yuguriş.

Tanlov yakunlari böyiça çaqiriluvçini tavsiya etiş yoki tavsiya etmaslik böyiça tegişli xulosa qabul qilinadi.