Ötgan hafta respublika böyiça kuzatilgan kuçli issiqdan söng, 7−11 iyul kunlari Özbekiston hududi böyiça havo harorati asta-sekin pasayişi kutilmoqda, deya xabar berdi «Özgidromet».

Havo harorati duşanba kunduzi +36…+41 darajani, 8–9 iyul kunlari +33…+38 darajani, 10–11 iyulda +31…+36 darajani taşkil etadi. Özbekiston janubida ham harorat pasayadi va iş haftasining oxiriga kelib harorat +37…+40 daraja böladi.

Respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek, toğoldi va toğli hududlarda 9–10 iyul kunlari qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor.

Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13−18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. 7 iyul kuni harorat asosan +39…+41 daraja, 8–9 iyulda +35…+38 daraja, 10–11 iyulda +32…+37 daraja böladi.