6 iyul kuni Braziliya mezbonlik qilgan BRIKS sammitida e’lon qilingan qöşma bayonotda yetakçilar «bir tomonlama tarif va notarif çoralarining kuçayib borayotganidan jiddiy xavotirda ekanliklarini» bildirdi.
Şuningdek, Braziliya prezidenti Lula da Silva öz nutqida BRIKS davlatlari hozirda dunyo aholisining yarmidan köproğini, şuningdek, global iqtisodiy işlab çiqarişning 40 foizini taşkil etayotganiga e’tibor qaratdi. Lula kuçayib borayotgan proteksionizm xavfi haqida ham gapirdi.
CNN naşrining yozişiça, BRIKS yetakçilarining bu qaraşlari – Tramp ma’muriyatining savdo siyosatiga qarşi yopiq tanqid sifatida talqin qilinmoqda.
Xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp BRIKS davlatlari guruhining «anti-amerika» siyosatini qöllab-quvvatlayotgan har qanday davlatga yangi tariflar joriy qiliş bilan tahdid qildi.

«AQŞ «BRIKSning anti-amerika siyosatini qöllab-quvvatlayotgan har qanday davlatga» qöşimça 10 foizlik boj soladi, «heç qanday istisnosiz», deb yozdi Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Biroq u aynan qanday siyosatlarni nazarda tutganini aniqlaştirmadi.
BRIKS guruhi — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan taşkil topgan — turliça siyosiy tuzum va manfaatlarga ega davlatlardan iborat bölsa-da, ularni birlaştiruvçi asosiy ğoya — jahon qudrat markazlarini ğarbga qaram bölmagan, köp qutbli global tuzum tamoyillari asosida qayta taqsimlaş zarurligidir. Yaqinda uşbu guruhga Misr, Efiopiya, Indoneziya, Eron va Birlaşgan Arab Amirliklari töliq a’zo sifatida qöşildi. Yana önta davlat, jumladan Özbekiston va Qozoğiston BRIKS’ga hamkor davlat














