Özbekiston Taşqi işlar vazirligida VFS Global xalqaro kompaniyasining MDH va Şarqiy Yevropa mamlakatlari böyiça mintaqaviy direktori Ş.Mişra va Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari T.Töyçiyev bilan uçraşuv ötkazildi.

Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda Özbekiston hududlarida VFS Global ofislari tarmoğini kengaytiriş istiqbollari muhokama qilingan.

“Jamoaviy guruhlarning arizalari böyiça kompaniya xodimlarining sayyor qabullari mexanizmini işga tuşirişga kelişib olindi. Uşbu xizmat şakli pulli asosda körsatiladi hamda çekka hududlardagi ariza beruvçilarga, Toşkent va Samarqand şaharlaridagi markazlarga taşrif buyurmasdan viza yordamini oliş imkonini beradi.

Şuningdek, Özbekiston fuqarolari uçun respublikada diplomatik vakolatxonalari bölmagan mamlakatlarga (jumladan, Kanada, Argentina, Avstraliya va boşqalar) vizalarni rasmiylaştiriş tartib-taomillarini soddalaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Akkreditatsiyadan ötgan konsulliklar mavjud bölmagan şaroitda vizani rasmiylaştiriş qöşimça vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Şu munosabat bilan Özbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakatimiz hududiga köçirişga, jumladan, VFS Global'ning mahalliy ofislari orqali biometrik ma’lumotlarni topşiriş va onlayn suhbat ötkaziş imkoniyatini körib çiqişni taklif etdi.

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytiriş, qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş va Özbekiston fuqarolari uçun viza xizmatlari sifatini oşirişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar”, – deyiladi TIV xabarida.