Tadbirda kimyo, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, teri va junni qayta işlaş, farmatsevtika, quriliş mahsulotlari kabi bir qator sohalarda faoliyat yurituvçi Özbekiston va Pokiston biznesining yetakçi vakillari iştirok etdi.

Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev forumning oçiliş qismidagi nutqida, mamlakatda investorlar uçun oçiq, zamonaviy va qulay muhit yaratilgani, mintaqaviy özaro boğliqlik taşabbusi doirasidagi loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari haqida batafsil sözlab berdi. Şuningdek, savdo hajmini köpaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va strategik sohalarda hamkorlikni kuçaytiriş, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, energetika, axborot texnologiyalari, raqamlaştiriş, farmatsevtika, turizm va logistika sohalarida katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Pokiston Savdoni rivojlantiriş agentligi direktori Fayz Ahmad öz navbatida, mamlakatlar örtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, özaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş, birgalikda import örnini bosuvçi va eksportga yönaltirilgan mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlariga töxtaldi.

Biznes-forum doirasida taşkil etilgan B2B şaklidagi muzokaralarda kimyo, töqimaçilik, teri va junni qayta işlaş, quriliş mahsulotlari, qişloq xöjaligi yönalişlarida bir qator şartnomalar imzolandi.

Iqtisodiy tadbir yakunida ikki tomonlama muzokaralarni izçil davom ettiriş va aniq loyihalarni joyida kelişiş maqsadida joriy yilning avgust oyida Sind viloyati tadbirkorlari delegatsiyaning Özbekistonga biznes-missiyasini taşkil etiş töğrisida kelişib olindi.