Ötgan hafta Özbekistonning ayrim hududlarida meteorologik rekordlarni yangilagan anomal issiqlar örnini bu hafta salqin ob-havo egallaydi, nabotot va hayvonot yengil tortadi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Kelayotgan 10 kunlikda Özbekiston ob-havosini uçta havo oqimi belgilab beradi: ular ikkita antitsiklonning çekka qismlari va bitta past bosimli kiçik jazirama ulaşuvçi havo oqimlaridir.

Avvaliga ikki kunlik salqin, söng 4 kunlik jazirama, uning ortidan yana biroz salqinroq ob-havo muhiti hukm suradi. Bu holatlar ötgan haftada kuzatilgan anomal issiqlik tölqinini takrorlamaydi. Qişloq xöjaligi yer maydonlariga katta stresslar keltirmaydi.

Joriy anomal issiqlik tölqini 4 iyul kuni Navoiyning Maşiquduq kuzatuv stansiyasida +47 daraja, Buxoroning çöl stansiyalarida +46 darajadan yuqori havo harorati qiymatlarini taqdim etdi. Özgidrometning ayrim kuzatuv stansiyalarida ehtimoliy tarixiy rekord qiymatlar yangilandi.

2-5 iyul kunlari respublika hududlarida kuzatilgan anomal issiqlik tölqini respublikaning turli viloyat qişloq xöjaligi ekin maydonlariga turli körinişda zarar keltirdi. Xususan, boğdorçilik va paxtaçilik yönalişida ayrim tumanlarda hosildorlikka 30-40 foizgaça turli körinişdagi zarar yetaşi mumkin. Ayniqsa, voha hududlari, Buxoro, Qaşqadaryo, Xorazm, Qaşqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyati hududlaridagi ayrim mevali daraxtlar va paxta hosiliga ziyon yetgan bölişi mumkin.