O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni Rossiyaning «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.
Neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli «yo‘l xaritasiga» muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.











