Efiopiyadagi uruş. Qit'aning qadimiy davlati «Afrika Yugoslaviyasi»ga aylanadimi?
|17:28 / 23.11.202015 22018 min
Efiopiyada hukumat va «Tigray ozodlik xalq fronti» (TOXF) örtasidagi ziddiyat hali-beri yakunlanmaydigan körinmoqda. Qariyb uç haftadan buyon davom etayotgan qarama-qarşilik natijasida yuzlab kişilar halok böldi va ön minglab kişilar qoçqinga aylandi. BMT keng kölamli gumanitar inqiroz haqida ogohlantirmoqda, mojaro iştirokçilari xalqaro hamjamiyatning öt oçişni töxtatiş haqidagi çaqiriqlarini e'tiborsiz qoldirmoqda.
Minglab kişilar Sudanga qoçib ötişga majbur bölgan / AFPMinglab kişilar Sudanga qoçib ötişga majbur bölgan / AFP
Efiopiya boş vaziri, 2019 yilda qöşni Eritreya bilan köp yillik nizo hal bölişidagi sa'y-harakatlari uçun tinçlik yönalişida Nobel mukofotiga sazovor topilgan Abiy Ahmad Ali hozirça xalqaro hamjamiyatning ayirmaçilar bilan muzokaralar boşlaş haqidagi çorlovlarini eşitişni istamayapti. «Tigray ozodlik xalq fronti» esa ğalabali yakunga qadar kuraşişga ahd qilgan.
Afrika qit'asidagi qadimiy bu mamlakat «Afrika Yugoslaviyasi»ga aylanadimi va ziddiyat kölami Efiopiya çegaralaridan taşqariga ham yoyiladimi?
Tigrayda Efiopiyaning jami aholisining 7 foizi yaşaydi, ammo uşbu xalq vakillari uzoq vaqt mobaynida hukumatda va armiyada muhim lavozimlarni egallab kelişgan.
110 million kişi istiqomat qiladigan Efiopiya - Afrikada hududi kattaligi böyiça Nigeriyadan keyingi ikkinçi örinda turadi, qit'ada mustamlakaçilikni boşdan keçirmagan ikki davlatdan biri (ikkinçisi Liberiya) hisoblanadi, (italiyaliklarning 1936-1941 yillardagi qisqa muddatli okkupatsiyasini hisoblamaganda), bundan taşqari, 2 ming yildan buyon turli nomlarda mavjud bölgan Yer yuzidagi eng qadimiy davlatlardan biridir.
4 noyabr kuni boşlangan qurolli nizodan keyin bu davlat jahon afkor ommasi diqqat markaziga tuşdi, kuzatuvçilarning fikriça, rasmiy Addis-Abebaning optimistik bayonotlariga qaramay millatlararo xarakterdagi bu nizo Efiopiyani parçalaşi tahdidi yuzaga kelgan.
Ikki haftadan buyon davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar şuni körsatadiki, bu ziddiyat mamlakatni bölib yuborişi, butun Şarqiy Afrikada beqarorlik yuzaga keltirişi va hatto Yevropaga zarba berişi mumkin. Atigi bir yil muqaddam boş vazir Abiy Ahmad qöşni Eritreya bilan ötgan asrning 90-yillaridan buyon davom etib kelgan çegara nizosini hal etgani uçun Nobel mukofotiga munosib körilgandi, hozir esa u yangi uruş boşlagan.
Mavzuga oid
Hozirgaça nimalar bölib ötdi?
Tigray - Efiopiya şimolida joylaşgan viloyat bölib, Eritreya va Sudan bilan çegaradoş. Olti millionlik aholisining 95 foizini tigray xalqi taşkil etadi.
Tigrayliklar Efiopiyaning jami aholisi sonida 7 foizlik uluşga ega, ammo aynan şu xalq vakillari uzoq vaqt davomida Efiopiya armiyasida muhim pozitsiyalarni egallab kelişgan. Şuning evaziga ayirmaçilar qarşilik körsatiş uçun yetarli resurslar va jang olib boriş tajribasiga ega.
Janglar 4 noyabr kuni Abiy Ahmad uşbu viloyatni boşqaradigan «Tigray ozodlik xalq fronti» partiyasi a'zolarini federal armiyaning harbiy bazasiga hujum uyuştirişda ayblaşi ortidan boşlanib ketdi.
Şu kunning özida Efiopiya parlamenti «Tigray ozodlik xalq fronti»ni terrorçi taşkilot sifatida e'lon qildi, mamlakat prokuraturasi taşkilot yetakçisi, Tigray prezidenti maqomida bölgan Debretsion Gebermaykl boşliq 64 kişini hibsga olişga order berdi.
Hukumat aviatsiya yordamida hujum boşladi. Abiy Ahmad tinimsiz ravişda harbiy muvaffaqiyatlar bilan maqtanmoqda, ayirmaçilar rahbarlari ham ayni şu işni qilişmoqda.
«Adolat ğolib böladi. Efiopiya ğalaba qiladi. Qonun ustuvorligini ta'minlaymiz va Efiopiyani talagan va tinçlikka raxna solganlarni javobgarlikka tortib, doimiy tinçlik va hamjihatlikka asos solamiz», deb yozdi u 15 noyabr kuni tvitterdagi sahifasida.
«Hali heç kim Tigray xalqi duşmanga tiz çökkanini körmagan», dedi Geberemaykl va Efiopiyadagi boşqa xalqlarni özini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
12 noyabr kuni Amnesty International May-Kadera şahrida «yuzlab kişilar vahşiylarça öldirilgani» haqida xabar tarqatdi.
Guvohlarning tasdiqlaşiça, «Tigray ozodlik xalq fronti» jangçilari federal armiyaga qarşi jangda mağlubiyatga uçragaç, 9 noyabr kuni keçqurun May-Kadera hududida qirğin uyuştirgan. Avtomatdan otib yoki tiğli qurol bilan çopib öldirilganlar orasida asir tuşgan efiopiyalik harbiy xizmatçilar ham, Efiopiyaning boşqa hududlaridan Tigrayga qişloq xöjaligi işlarida işlaş uçun kelgan tinç aholi vakillari ham bor edi.
Abiy Ahmad «olçoq xunta»ni «yurakni larzaga soluvçi şafqatsizlik» qilişda aybladi. Debretsion Geberemaykl esa «Frans press» uçun bergan intervyusida bu fojia haqida heç narsa bilmasligini aytdi, şu bilan birgalikda, hukumatni viloyat markazi Mekelleda va Adigrat şahridagi aviazarbalar oqibatida tinç aholi vakillari halok bölişiga sababçi sifatida aybladi.
Harbiy harakatlar 9 kun muqaddam, mamlakat hukumati Tigraydagi harbiy bazaga hujum uyuştirilganini ma'lum qilgaç boşlangandi
14 noyabr kuni «Tigray xalq ozodlik fronti» Tigray janubida joylaşgan qöşni viloyat Amhara hududidagi ikki aeroportga raketalar orqali zarba yölladi. Taşkilot buni hukumat aviatsiyasi zarbalariga javob sifatida izohladi.
«Tigrayga hujumlar töxtamas ekan, raketalar uçirilişi davom etadi», deya ma'lum qildi partiya vakillari.
15 noyabr kuni Debretsion Geberemaykl uning tarafdorlari tomonidan qöşni davlat Eritreya poytaxtiga ham raketalar orqali hujum qilinganini tasdiqladi, tigrayliklar Efiopiyani Abiy Ahmadga yordam berişda ayblaşgan.
Tigray aholisining katta qismi xristianlar, butun Efiopiyada ham xristianlik asosiy din hisoblanadi / GETTY IMAGES
Hozirça tomonlarning heç biri muzokaralarga tayyorligini bildirmagan.
«Abiyning uruş e'lon qilişdan maqsadi Tigray ustidan töliq nazorat örnatişdir. Ammo ziddiyat kundan kunga ösib bormoqda va bu mojaro oqibatida ön minglab kişilar halok bölişi mumkin. Mamlakat parçalanib ketişi ham mumkin», deb hisoblaydi Bostondagi Tafs universiteti qoşidagi World Peace Foundation jamğarmasi ijroçi direktori, Şarqiy Afrika böyiça qator risolalar muallifi Aleks de Vaal.
BMTning qoçqinlar işi böyiça boşqarmasi oliy komissari mintaqada keng kölamli gumanitar inqiroz yuzaga kelgani haqida ma'lum qilgan. Hozirgaça ön minglab tigrayliklar Sudanga qoçib ötgan, boşqarma vakili Babar Baloxning Jyenevadagi brifingda ma'lum qilişiça, qoçqinlar soni kuniga örtaça tört ming nafarga ösmoqda.
«Efiopiyadan haddan taşqari qörqib ketgan odamlar kelişmoqda va adoqsiz uruşdan qoçib kelişayotganini aytişmoqda», deya qöşimça qilgan u.
Ziddiyat ibtidosi
1991 yilda SSSR va Kuba qöllovi bilan 17 yillik boşqaruvi davrida mamlakatni oçlik va terror botqoğiga botirgan Mengistu Xayle Mariam ağdarilganidan keyin ğoyaviy jihatdan söl bölgan «Tigray ozodlik xalq fronti» mamlakat siyosiy hayotidagi muhim kuçga aylangan.
Keyinçalik marksçilik ğoyalaridan voz keçgan va siyosiy partiyaga aylangan «Tigray ozodlik xalq fronti» 2018 yilga qadar federal miqyosda asosiy kuç bölgan. Partiya yetakçisi Meles Zenaui 2012 yilgaça (ölimiga qadar) Efiopiyani goh prezident goh boş vazir sifatida boşqargan.
Zenauining vafotidan köp vaqt ötmasdan Efiopiyadagi boşqa xalqlar va ularning partiyalari tigraylar davlat apparati va armiyada ustun mavqega egaligidan norozilik bildira boşlaşi hokimiyat almaşinuviga olib keldi. 2018 yil aprelida hukumat tepasiga Efiopiyadagi asosiy xalqlardan yana biri bölmiş oromo xalqiga mansub, asli kasbi dasturçilik bölgan, korrupsiyaga qarşi kuraş va islohotlar ötkazişni va'da qilgan 41 yoşli Abiy Ahmad keladi.
Uning davrida siyosiy mahbuslar qamoqxonalardan çiqariladi, hukumatdagi lavozimlarning yarmini ayollar egallaydi, Eritreya bilan 20 yillik uruşga yakun yasaladi.
Avvalgi hukumatga yaqin bölgan qator şaxslar inson huquqlari buzilişi yoki davlat xazinasini talon-toroj qilişda ayblanib, sudga tortiladi. Ularning orasida Tigraydan çiqqan harbiylar va siyosatçilar ham kam emasdi.
Vaziyatdan norozi bölganlar Tigray rahbarlari atrofida birlaşa boşlaydi. Debretsion Geberemaykl doimiy ravişda Abiy Ahmadni tanqid qilib, uni diktatorlarga xos qiliqlar çiqarişda ayblaydi, azaldan Tigrayning duşmani sanalgan Eritreya bilan tuzilgan tinçlik bitimini qoralaydi.
2018 yilda Efiopiyaning sobiq aloqa vaziri, yangi hukumatdan lavozim ololmagan tigraylik Getaçu Reda BBC bilan suhbatda «Tigray barçasiga balogardon qilingani» haqida gapirgandi.
Öz navbatida, Abiy Ahmad provinsiya rahbariyatini ayirmaçilikda, korrupsiyada va islohotlarni sabotaj qilişda ayblaydi. Uning sözlariga köra, Tigray qonun ta'qibidan qoçganlar uçun panogohga aylangan.
2019 yilda boş vazir hukumatdagi koalitsiyani qayta şakllantiradi – etnik partiyalar koalitsiyasi yagona Farovonlik partiyasiga birlaştiriladi. «Tigray ozodlik xalq fronti» uning tarkibiga kirişdan boş tortadi va muxolifat e'lon qilinadi.
«Bizni öz taqdirimizni özimiz belgilaş huquqimizdan ayirmoqçi bölganlar qarşisida heç qaçon ortga çekinmaymiz», degandi Geberemaykl 2020 yil avgustida.
9 sentabr kuni Efiopiyada parlament saylovlari va mahalliy kengaşlarga saylovlar ötkazilişi kerak edi, ammo hukumat koronavirus pandemiyasi tufayli saylovlarni qoldiradi. Tigray hukumati bunga böysunmaydi va provinsiyada ovoz beriş jarayoni ötkaziladi, taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, saylovlarda TOXF katta ustunlik bilan ğolib bölgan. Şundan söng ikki tomon bir-biriga qarşi keskin bayonotlar bilan çiqiş qila boşlaydi.
2 noyabr kuni Geberemaykl Tigray uruşga tayyor turişi lozimligi haqida gapiradi. Ikki kun ötib uruş boşlanadi.
Yugoslaviya ssenariysi röy beradimi?
Efiopiya – öz parlamentlari va prezidentlariga ega 10 provinsiyadan iborat bölgan federativ davlat hisoblanadi.
Mamlakatda tört yirik millat - oromo (aholining 34 foizi), amhara (27 foiz), tigray hamda somalilar (6 foizdan) istiqomat qiladi va bu millatlar köpçilikni taşkil qiladigan hududlarda alohida provinsiyalar tuzilgan.
Boşqa önlab kiçik millatlar muxtoriyatga ega emas, ularning ayrimlari bunga erişiş uçun kuraşib kelişadi.
Umumiy aholi sonida 4 foizlik uluşga ega bölgan, Efiopiya eksportida yetakçi örin tutadigan qahva yetiştiriladigan hududda yaşovçi sidlar faqat şu yilga kelib namoyişlar va qat'iy talablar evaziga özlarining provinsiyasini taşkil etişga erişişgan.
Etnik xilma-xillikdan taşqari mamlakat aholisi turli dinlarga e'tiqod qiladi. Amharalar va tigraylar orasida Efiopiya pravoslav çerkovi ustunlik qiladi, oromolarning yarmi va somalilarning barçasi – musulmonlar hisoblanadi.
Abiy Ahmad - Yevangel-xristian çerkoviga mansub protestant, uning otasi - musulmon oromo, onasi - xristian amhara.
Abiy Ahmad Tigray qonundan qoçganlar uçun boşpanaga aylanganini ma'lum qilgan
1270 yildan 1974 yilgaça mavjud bölgan Efiopiya imperiyasini amharalardan çiqqan sulola boşqargan. Bu xalq yuz yillar mobaynida mamlakatda ustun mavqega ega bölgan. Amhara tili davlat tili bölgan, bu tilni bilmaganlar mansab pillapoyalaridan kötarila olmasdi.
XX asrning ikkinçi yarmiga kelib oromo, tigray va somali xalqlari ham kuçaya boşladi. Mengistu rejimi ağdarilgaç, amharalarning yakkahokimligi ötmişda qoldi.
Aleks de Vaal Abiy Ahmadning hokimiyatga kelişini amharalarning revanşiga qiyoslaydi.
«Uning hokimiyatining ustuni amharalar elitasi hisoblanib, ular federativ tizimni bekor qilib, unitar tizimga qaytişni istaşadi. Etnik federalizmni tanqid qiliş uçun asoslar yetarli, ammo Efiopiyadagi yaxşi qurollangan va siyosiy yetakçilarga ega bölgan turli guruhlar özlarini boşqarişlarini istaşmaydi», deb hisoblaydi ekspert.
Hozirgi ziddiyatli vaziyatda Amhara markaziy hukumatni qöllab-quvvatlamoqda. Amhara Tigrayga nisbatan hududiy da'voga ega bölib, köplab amharalar özlarini davlatni taşkil etgan millat deb bilişadi.
Inqirozni keltirib çiqargan yana bir omil – iqtisodiyotdagi vaziyatdir.
2004 yildan 2019 yilgaça Efiopiya dunyoda yuqori iqtisodiy ösiş körsatkiçlariga ega bölgan davlatlardan biri edi (yiliga örtaça 11 foiz). Siyosiy barqarorlik va past maoşlar xorijiy investorlarni uşbu ölkaga jalb qilgan, mamlakatda maşinasozlik va töqimaçilik sanoati rivojlangandi. Ammo bu ham aholi soni şiddat bilan ösayotgan vaqtda işsizlik muammosini hal eta olmadi.
1990 yilda mamlakat aholisi 48 mln kişini taşkil etardi, hozirda, BMT baholariga köra, aholi soni 110-115 million kişiga yetgan. Bolalarning aholi sonidagi uluşi 43 foiz, yana 20 foiz kişi - 15-24 yoşlar oraliğidagi yoşlardir.
Qöşnilarga va butun dunyoga ta'siri
«Mojaro uzoq vaqt davom etişi mumkin. Tigray yirik harbiy kuçga ega va mahalliy militsiya ham yaxşi ta'lim olgan. Mahalliy aholi ham rahbariyatni faol qöllab-quvvatlamoqda», degan International Crisis Group xalqaro tahlil taşkilotining afrikaşunos ekspertlari.
BMT boş kotibi Antoniu Guterreş «Efiopiyaning barqarorligi butun Afrika şoxi mintaqasi uçun muhim ekani» haqida ogohlantirdi.
Efiopiyaning şarqdagi qöşnisi - Somali. Bu davlatda 29 yil muqaddam oxiri yöq fuqarolik uruşi boşlangan va davlat amalda boşqaruv qobiliyatiga ega emas. Minglab efiopiyalik harbiylar uşbu davlatdagi tinçlikparvar missiyalarga jalb etilgan. Agar Efiopiya öz harbiylarini bu davlatdan olib çiqsa, u yerda mahalliy jangarilar faollaşadi.
Efiopiyaning ğarbdagi qöşnisi - Janubiy Sudan ham dunyoning eng qaşşoq mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Bu davlat 2013-2020 yillarda fuqarolik uruşini boşdan keçirgan, qurolli töqnaşuvlar natijasida yuz minglab kişilar qurbon bölgan, qoçqinlarning bir qismi Efiopiyadan makon topgan. Tigraydagi uruş Janubiy Sudanda yangi etnik töqnaşuvlar boşlanişi xavfini oşiradi.
Davlat telekanallari şimolga borgan federal harbiylarni namoyiş etgan
Efiopiyadan şimolda joylaşgan Eritreyada ham istalgan vaqtda içki nizolar avj olib ketişi heç gap emas. Bu davlatni 1993 yildan buyon boşqarib kelayotgan prezident Isayas Afeverki avtoritar rejim örnatgan, mamlakat juda ham qaşşoq. Mahalliy yoşlar armiyaga jalb etilişdan va qaşşoqlikdan qoçib, Sudan orqali avval Liviyaga, u yerdan Yevropaga ketişga harakat qilişadi.
Efiopiyaning beqarorlaşişi AQŞ, Xitoy, Fransiya va Italiya harbiy bazalari joylaştirilgan kiçik davlat Jibutiga ham tahdid solişi mumkin. Efiopiya xalqaro savdoni aynan şu davlat orqali amalga oşiradi.
«Efiopiya federal kuçlari va Tigray rahbariyati örtasidagi qurolli nizo nafaqat mamlakat uçun, balki Afrika Şoxi mintaqasi uçun ham halokatli bölişi mumkin. Vaziyat uzoq vaqt saqlanib qolsa, bu Efiopiya davlatçiligi uçun jiddiy sinovga aylanadi», deya ogohlantirişadi International Crisis Group ekspertlari.
REUTERS
Nihoyat, agar Efiopiyadagi uruş töxtamasa, Yevropa tomon qoçqinlarning yangi ulkan oqimi yöl oladi.
Hozir ham 600 ming kişi - Tigray aholisining öndan bir qismi BMTning oziq-ovqat böyiça yordamiga qaram bölib qolgan.
Efiopiyadagi hozirgi böliniş Kök Nil daryosida töğon qurilişi tufayli Misr va Sudan bilan munosabatlar sovuqlaşgan davrga töğri kelmoqda. GES Efiopiyaning elektroenergiyasiga talabini qondirişi közda tutilgan, suv ombori şu yil yanvaridan töldirila boşlagandi.
Efiopiyadagi Avliyo Georgiy çerkovi - ibodatxona monolit toşdan öyib qurilgan
Nil daryosining quyi qismida joylaşgan Misr va Sudan bu loyiha orqali ularga suv borişi kamayişidan norozi.
Köplab davlatlar, xususan, AQŞ va Rossiya vositaçiligida bu masalada köp yildan buyon ötkazib kelingan muzokaralar samarasiz bölib çiqqan.
24 oktyabr kuni Donald Tramp Sudan va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali muloqot çoğida bu masalada Sudan va Misrning yonini olişini bildirgan, uning bu pozitsiyasi esa özini AQŞning hududdagi ittifoqçisi deb biluvçi Efiopiya rahbariyatini ğazablantirgandi. Abiy Ahmad Efiopiya «heç qanday bosimga taslim bölmasligi»ni ma'lum qilgan.
Efiopiyaning qisqaça tarixi
Eramizning II asri: Qadimgi Efiopiyada Aksum podşohligi paydo bölişi;
330: xristianlik dini davlat diniga aylanadi;
1270: Özini Sulaymon avlodlari deb da'vo qiladigan sulola Efiopiya imperiyasiga (Habaşiston) asos soladi va bu sulola 1974 yilga qadar hukmronlik qiladi;
1896: Adua yaqinidagi jangda italyan harbiylari yengiladi va Efiopiya öz mustaqilligini saqlab qoladi;
1941: britan armiyasi italyanlarni Efiopiyadan quvib yuboradi va hokimiyat imperator (negus) Xayle Selassiye I’ga qaytadi;
1952: Britaniya Italiyaning Qizil dengiz böyidagi sobiq mustamlakasi Eritreyani Efiopiyaga beradi, köp ötmay bu yerda ayirmaçilik harakati boşlanadi;
1974: Xayle Selassiye harbiy töntariş oqibatida taxtdan çetlatiladi va öldiriladi;
1974-1991: sovetlar ta'siridagi kommunistik rejim boşqaruvi – 1977 yildan Qizil negus laqabli, aristokratiya vakillarini ham, özining sobiq quroldoşlarini ham şafqatsizlik bilan qatağon qilgan podpolkovnik Mengistu Xayle Mariam hukmronligi boşlanadi;
1983-1985: ommaviy oçarçilik yuz berib, millionga yaqin kişi halok böladi;
1985: Britaniyada Freddi Merkyuri iştirokida musiqa tarixiga kirgan Live Aid xayriya konserti ötkaziladi. Taşkilotçilar Efiopiyada oçlikdan qiynalayotganlar uçun 145 mln funt yiğib berişadi;
Efiopiya poytaxti Addis-Abebeda 1991 yil «Leninning qulaşi» / GETTY IMAGES
1991: Isyonçilar Mengistuni ağdarişadi, u Zimbabvega qoçib ketadi. «Tigray ozodlik xalq fronti» yetakçisi Meles Zenaui prezident böladi. U mamlakatning har bir fuqarosi kuniga uç mahal ovqatlanişiga erişişni asosiy maqsad sifatida qöyadi;
1993: Eritreya mustaqillikka erişadi. Efiopiya Qizil dengizga çiqiş yölini yöqotadi;
1995: Efiopiya federatsiyaga aylanadi, asosiy tört millat - oromo, amhara, tigray va somali – milliy muxtoriyatga ega bölişadi;
1998-2000: Efiopiya va Eritreya örtasida uruş bölib ötadi (tinçlik kelişuvi 2018 yilga kelibgina imzolanadi);
2012: Meles Zenaui vafot etadi, etnik va hududiy nizolar boşlanib ketadi;
2018: namoyişlar natijasida Abiy Ahmad Ali hokimiyatga keladi;
2019: boş vazir Abiy Ahmad qöşni Eritreya bilan köp yillik nizoni hal qilgani uçun tinçlik yönalişida Nobel mukofotini oladi;
2020: federal hukumat va Tigray provinsiyasi örtasida uruş boşlandi.