Muloqot avvalida Leonid Nikişov Imago Engineering kompaniyasi faoliyati va işlab çiqilgan parrandaçilik çiqindilarini qayta işlaşning innovatsion texnologiyalari töğrisida ma’lumot berdi. Uning aytişiça, kompaniya parranda çiqindisini xonaki paşşa liçinkalari yordamida qayta işlaş orqali haşarot oqsili va organik öğitlar işlab çiqaradi.

"Bu noyob texnologiya parrandaçilik sanoatidan çiqadigan katta miqdordagi issiqxona gazlari va ferma atrofidagi yoqimsiz hidlarni kamaytiriş imkonini beradi. Qayta işlaş zavodida barça texnologik jarayonlar masofadan boşqariladi va ular turli ölçamdagi parrandaçilik fermalariga moslaşa oladi", – dedi Leonid Nikişov.

Malayziya tomoni özi yaratgan texnologiya asosida töliq avtomatlaştirilgan va yopiq bioreaktor tizimi bilan jihozlangan birinçi zavodni Özbekistonda qurişga qiziqiş bildirdi.

Imago Engineering Sdn. Bhd. rahbari, şuningdek, Özbekiston tomoni bilan hamkorlikda uşbu loyihaga sarmoya kiritiş va uni davlat-xususiy şerikçilik asosida amalga oşirişga tayyorligini ma’lum qildi.