Iş haftasining birinçi yarmida Özbekiston hududida biroz issiq ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Kunduz kunlari harorat +36…+39 daraja atrofida, respublika janubida va çöl hududlarida +40…+42 darajagaça böladi.
Haftaning ikkinçi yarmida issiq kuçayadi. Juda issiq ob-havo davri şanba kuniga qadar davom etadi. Kunduz kunlari termometr ustuni +40…+42 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda +44 darajagaça kötariladi.
Şu kunlarda Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Qisqa muddatli yomğirlar faqat 14–16 iyul kunlari ayrim toğli hududlarda kuzatilişi mumkin.
Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatiladi.
Toşkent şahrida havo asosan biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat 14–16 iyulda keçalari +22…+24 daraja, kunduz kunlari +37…+39 daraja böladi.
17–19 iyulda harorat keçalari +25…+27 darajagaça, kunduz kunlari +40…+42 darajagaça kötariladi.












