Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
"Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2025 yil 1 iyuldan moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga uzoq muddatga ijaraga berish elektron onlayn auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Madaniy meros obektlari va ularga tutash hududlarni uzoq muddatga ijaraga berish E-auksion elektron savdo platformasida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan E-auksion elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Madaniy meros obektlarini uzoq muddatga ijaraga berish shartnomasi ijaraga oluvchi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros obektlaridan foydalanish direksiyasi o‘rtasida uch tomonlama ijara shartnomasi asosida beriladi.
Ijara shartnomasi shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Madaniy meros agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros obektlaridan foydalanish direksiyasini tashkil etish bo‘yicha taklifi ma’qullanadi.
Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan madaniy meros obektlarining bino va inshootlarini, foydalanilmayotgan yer maydonlarini (keyingi o‘rinlarda – obektlar) aniqlash va hisobini yuritish;
- bo‘sh turgan madaniy meros obektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan ijaraga berishni tashkil etish;
- ijaraga berilgan madaniy meros obektlarni va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
- ijaraga berilgan madaniy meros obektlardan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
- davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
- direksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlari va tashkilotlaridan zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rab olishga haqli.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026